Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudida qo‘pol turdagi qoidabuzarliklarni sodir etgan shaxslarga jazo tayinlandi.

Kadr: YouTube

Ma’lum qilinishicha, sud qilinganlar orasida mast holatda Nexia-3 avtomobilini boshqargan fuqaro ham bor. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u mashinani boshqarib ketayotgan vaqtida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan, biroq u haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi sabab to‘xtamasdan, qochishga uringan.

Sud qarori bilan qoidabuzar haydovchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-modda (transport vositalarini mast holda boshqarish) 2-qismi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning shu vaqtiga 104 nafar haydovchi transport vositalarini mast holatda boshqargani, yana 61 nafar shaxs esa tibbiy ko‘rikdan transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagani uchun javobgarlikka tortilgan.

Sentyabr oyida yo‘l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini tahlil qilgan Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxonov yetti oy davomida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 1 115 kishi halok bo‘lgani, 4 ming 564 nafari turli tan jarohatlari olganini ma’lum qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »