Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navoiy viloyati Karmana tumanida mast haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtomobili spirtli ichimliklar do‘koniga borib urildi

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 15-iyulga o‘tar kechasi tonggi soat 03:30 larda buxorolik 37 yoshli fuqaro Nexia-3 mashinasida Navoiy shahri ko‘chalarida yo‘l harakati qoidalarini bir necha bor qo‘pol tarzda buzib o‘tgani kuzatuv kameralariga muhrlangan.

Shuningdek, u Karmana tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M-37 avtomobil yo‘lining chorrahasida svetaforning qizil chirog‘ida o‘tib, Cobalt bilan to‘qnashgan. Bundan tashqari, yuqori tezlikda harakatlangan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, shu atrofda joylashgan spirtli ichimliklar sotiladigan do‘konga borib urilgan.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida voqea joyiga yetib borgan YPX xodimlari haydovchini alkotester tekshiruvidan o‘tkazgan va uning mast holatda bo‘lgani aniqlangan. Avtomobil ichida haydovchining oila aʼzolari ham bo‘lgani aytilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »