Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Vaziyat 24” dasturida ma’lum qilindi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahridagi bozorda jamoat tartibini saqlayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektorlari Nexia-2 transport vositasi davlat raqami belgilarisiz harakatlanayotgani uchun to‘xtatilgan. Haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, uni turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan va tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan va 140-modda (haqorat qilish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, Farg‘ona tumani “Gulshan” MFYda Tico rusumli avtomobil katta tezlikda xavfli harakatlangani uchun profilaktika inspektorlari mashina ortidan kuzatib borgan. Avtomobil to‘xtagan vaqtda mast holatda bo‘lgan haydovchi va uning akasi xodimlarga hujum qilib, tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularga nisbatan ham qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Rishton tumani IIB profilaktika inspektori tumandagi xonadonlardan biriga fuqaro mast holatda janjal ko‘tarayotgani uchun chaqirilgan. Biroq mast holatdagi fuqaro xodimga qarshilik ko‘rsatib, unga tan jarohati yetkazgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

YPX xodimlarining kaltaklanish holatlari

May boshida Toshkentda YPX xodimlarining talabini bajarmasdan, ularni haqorat qilgan shaxslar 15 sutkaga qamalgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Aprel oxirida esa Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan edi. Bir necha kun oldin bo‘lsa Andijon viloyatida YPX xodimiga musht tushirib, uning xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan qoidabuzar haydovchiga chora ko‘rildi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »