Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati IIB YHXB axborot xizmati Andijon shahrida avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Andijon viloyati YHXB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtobus binoga urilgani, uning haydovchisi esa mast holatda turgani tasvirlangan video tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 6-dekabr kuni soat 23:30 larda Andijon shahri Y.Otabekova ko‘chasida sodir bo‘lgan. 58 yoshli B.R. “Alpomish merosi” MCHJga qarashli avtobus transport vositasini mast holatda boshqarib, uxlab qolishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, binoga borib urilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi hech qanday tan jarohati olmagan, unga nisbatan YPX xodimi tomonidan tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilgan.

Avvalroq Toshkent viloyati Olmaliq shahrida avtobus bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketgani, Toshkentda MAN avtobusi to‘xtab turgan Nexia bilan to‘qnashgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »