Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronda 3-yanvar kuni general Qosim Sulaymoniy o‘limining to‘rt yilligi xotirasiga bag‘ishlangan dafn marosimi chog‘ida terakt sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 103 kishi halok bo‘ldi, 211 kishi jarohatlandi. “Daryo” ular orasida O‘zbekiston fuqarolari bor yoki yo‘qligiga oydinlik kiritish uchun Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi.

Foto: Reuters

TIV matbuot kotibi Ahror Burxonov Eronda yuz bergan teraktda qurbonlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi. Eronda 3-yanvar kuni yuz bergan portlashlarda portlovchi qurilmalar masofadan turib boshqarilgan. Hodisa Kermon shahrida, general Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yaqinida sodir bo‘lgan. Mamlakat Bosh prokuraturasi terakt bo‘yicha tergov boshlagan.

 

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy holat yuzasidan harbiy rahbariyat bilan yig‘ilish o‘tkazgan. Unda terakt Isroilning jahon hamjamiyatini G‘azo sektoridagi urushdan chalg‘itishga qaratilgan kampaniyasining bir qismi bo‘lgani aytilgan. 

The New York Times nashrining yozishicha, mazkur yig‘ilishda Xomanaiy “strategik tinchlikni” saqlab qolish uchun AQSH bilan ziddiyatga bormaslikni buyurgan.

“Bunga javoban, Oyatulloh Isroilga qarshi yashirin amaliyotlar va proksi kuchlarning Iroq va Suriyadagi Amerika bazalariga hujumlari bilan cheklanishni buyurdi”, — deyiladi xabarda.

Eron hukumati portlashlar munosabati bilan 4-yanvar kunini milliy motam kuni deb e’lon qilgan. Xomanaiy “dushmanlar bu falokatga qattiq javob olishlarini bilishlari kerak”ligini ta’kidlagan.

Oq uyga ko‘ra, Eronning Kerman shahridagi portlashlar “Islomiy davlat” (O‘zbekistonda harakati taqiqlangan terroristik tashkilot) terrorchilik guruhining harakatlariga o‘xshaydi.

Ma’lumot uchun, Qosim Sulaymoniy 2020-yil 3-yanvarda Bag‘dod aeroporti yaqinida AQSHning havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan. Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi Sulaymoniyning o‘ldirilishini AQSHning “eng katta strategik xatosi” deb atagan. Tehron Vashingtonga “kerakli vaqtda kerakli joyda” qasos olishga va’da bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »