Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil o‘z ittifoqchilariga Eronning Kerman shahridagi Islom inqilobi posbonlari korpusi generali Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabristondagi portlashlarga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda The Wall Street Journal “Isroil amaliyotlaridan xabardor” manbalarga tayanib, xabar berdi.

Foto: AP Photo

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, portlashlar xarakteri Isroilning Eron xavsizlik kuchlari yoki infratuzilmasini nishonga oluvchi taxminiy hujumlar sxemasiga mos kelmaydi.

Isroil bosh vaziri idorasi va Isroil armiyasi ushbu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.

Shu bilan birga, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy portlashlar uchun Isroilni ayblab, buning “badali katta” bo‘lishini aytdi.

 “Men sionistik rejimni ogohlantiraman: sodir etgan jinoyatlaringiz uchun og‘ir badal to‘lashga shubha qilmang”, — dedi Raisiy televideniye orqali qilgan murojaatida.

Amerikalik tahlilchilarning fikricha, Kermondagi portlashlarda terakt belgilari bor. Oq uyning ismi oshkor etilmagan rasmiysi ham CNN telekanaliga shu versiyani aytdi.

“Menimcha, haqiqatan ham bu teraktga o‘xshaydi — biz ilgari ko‘rgan ISHID teraktlariga. Bilishimcha, bizning hozirgi versiyamiz shu”, — dedi CNN manbasi.

AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Mett Millerning aytishicha, AQSH portlashlar haqida “hech qanday mustaqil ma’lumotga ega emas” va Davlat departamentida “Isroilning hodisaga aloqadorligiga ishonish uchun hech qanday asos yo‘q”.

The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, portlashlardan maqsad — 2-yanvar kuni HAMAS yetakchisi Solih al-Aruriy o‘ldirilganidan keyin yuzaga kelgan taranglik davrida Isroil va Eron o‘rtasida kelishmovchilikni keltirib chiqarish bo‘lishi mumkin. Gazeta suhbatdoshlariga ko‘ra, portlashlarga Eron ichidagi islomiy muxolifat tashkilotlari aloqador bo‘lishi mumkin, ammo ular bu nuqtayi nazarni tasdiqlovchi dalillar keltirmadi.

Eron generali Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yaqinida portlashlar 3-yanvar kuni, uning vafotiga to‘rt yil to‘lgani munosabati bilan sodir bo‘ldi. Portlashlar oqibatida kamida 95 kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi jarohatlandi. Eron davlat axborot agentligi IRNA xabariga ko‘ra, portlashlarga masofadan boshqariladigan bir juft qurilma sabab bo‘lgan.

General Qosim Sulaymoniy Eron tashqarisidagi operatsiyalarga ixtisoslashgan Islom inqilobi gvardiyasining al-Quds kuchlariga qo‘mondonlik qilgan. U 2020-yil 3-yanvarda Amerika samolyotlari tomonidan berilgan raketa zarbasi oqibatida vafot etgan.

2-yanvar kuni Bayrut chekkasida HAMAS siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Solih al-Aruriy Isroil uchuvchisiz uchog‘i tomonidan uyushtirilgan zarbada halok bo‘ldi. Shundan so‘ng Eron Isroilni Yaqin Sharqdagi mojaroni kuchaytirayotganlikda aybladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »