Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Finlyandiyada XXI asrning eng sovuq havo harorati rekordi rekordi qayd etildi. Mamlakat meteorologiya instituti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda havo harorati 44,3 darajagacha pasaygan.

Foto: AFP
 
“XXI asrdagi eng past harorat tunda Finlyandiyada qayd etilgan. Enontekiyo aeroportida esa harorat - 44,3 darajaga tushgan”, — deyiladi meteorologiya instituti xabarida.

Kuchli sovuq elektr taʼminotida uzilishlar keltirib chiqargan va transport harakati to‘xtab qolgan. Finlyandiyaning VR temiryo‘l kompaniyasi kuchli sovuq tufayli hafta oxirigacha bir necha shaharlararo poyezdlar qatnovini bekor qilgan.

Bir qator Yevropa davlatlarida izg‘irin sovuq kuzatilib, qor yog‘moqda. Avvalroq Shvetsiyada rekord darajadagi past haroratlar qayd etilgandi. Norvegiyadagi meteorologlar ham mamlakatning ayrim hududlarida so‘nggi o‘n yillikdagi eng sovuq havo harorati kuzatilishi mumkinligini aytmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »