Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tez orada Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga Patriot zenit-raketa tizimi uchun tutuvchi raketalarni yetkazib bera olmaydi, deb yozadi The New York Times Oq uy va Pentagondagi manbalarga tayanib. Bu mablag‘ yetishmasligi bilan bog‘liq, deya qayd etadi NYT.

Gazeta suhbatdoshlariga ko‘ra, Patriot raketalarining narxi 2 million dollardan 4 million dollargacha turadi. Ayni paytda ukrainalik harbiylar NYTga faqat Patriot tizimlari ballistik raketa hujumlariga qarshi tura olishini ma’lum qilgan.

Foto: Google Images

27-dekabr kuni Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 2023-yilda 250 million dollarlik so‘nggi harbiy yordam paketi, jumladan, havo mudofaa tizimlari, HIMARS MLRS va artilleriya uchun o‘q-dorilar ajratilishini eʼlon qildi. Oq uy AQSH Kongress ruxsatisiz Ukrainaga endi harbiy yordam yubora olmasligi haqida ogohlantirgan.

Prezident Jo Bayden Kongressdan Ukraina, Isroil, Tayvan uchun 106 milliard dollar yordam so‘radi. Biroq respublikachilar partiyasi vakillari har bir masalani alohida ko‘rib chiqishni talab qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »