Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston fuqarolari Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concyept AG.” tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan. Nomzodlar uchun talablar:

  • umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli bo‘limlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar (faqat bemorlarni parvarishlagan) bo‘lishi;
  • 39 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • shifoxonada ish tajribasiga ega bo‘lishi (stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik, ginekologiya, shoshilinch tez tibbiy yordam, pediatriya, poliklinika-patronaj, akusherlik sohasida shug‘ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);
  • sudlanmagan bo‘lishi va jismonan sog‘lom bo‘lishi;
  • nemis tilini o‘rganishga ishtiyoq va salohiyat;
  • tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan bo‘lishi;
  • bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
  • Angren shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida o‘qish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
  • nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasligi;
  • Gyote instituti, ECL yoki ÖsD imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi.

Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

  • Angren shahrida bepul turar joy;
  • o‘quv xonasi;
  • oylik stipendiya (6 oy).

Shuningdek, “GLOBOGATE Concyept AG” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

  • nemis tili o‘qituvchisi va o‘quv materiallari;
  • til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
  • hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
  • o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
  • Germaniyaga aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer;
  • mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2200 (Netto) yevrodan boshlanadi, nafaqa, sug‘urta, ta’til) va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash.

Ro‘yxatdan o‘tish

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »