Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi musobaqasi oldidan Falastinga qarshi nazorat o‘yinida ishtirok etdi.

Uchrashuv Srechko Katanes shogirdlarining kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi

O‘yinni bevosita stadiondan kuzatib borgan futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasining bir o‘yinchisi jarohat olganini ma’lum qildi. 

“Umuman olganda O‘zbekiston g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdi. O‘yinning katta qismida ustunlik qildi. Falastinliklar esa faqatgina Katanes bir vaqtning o‘zida bir necha o‘yinchilarni almashtirgandagina kichik ustunlikka ega bo‘ldi. O‘sha paytda falastinliklar ikkita vaziyat yaratdi, birida to‘p darvoza to‘siniga tegib, maydonga qaytdi. 

O‘yin yakunida esa O‘zbekiston gol urganidan so‘ng, bir marta penaltidan unumli foydalana olmadi. Bahs so‘ngida esa bitta golli vaziyat ko‘kka sovurildi. 

Katanesni xafa qilgan yagona narsa futbolchilardan birining jarohat olib, maydonni tark etgani bo‘ldi. Ehtimol, u futbolchi Osiyo Kubogi dastlabki o‘yinida maydonga tusha olmaydi. Futbolchining ismini oshkor etmayman, bu huquqni O‘FA matbuot xizmatiga qoldiraman”, — deya yozmoqda Alisher Nikimbayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Eldor Shomurodovning jarohat sababli turnirni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »