Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida 21-noyabr, seshanba kuni Eronga qarshi bahs olib bordi. 

Uchrashuvning 14-daqiqasida Ramin Rizoyan Eronni hisobda oldinga olib chiqdi. 38-daqiqada Mehdi Taremi uchrashuvdagi hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Birinchi bo‘lim Eron foydasiga hal bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston jonlandi. 52-daqiqada Shomurodovning uzatmasini Oston O‘runov golga aylantirib, hisobni qisqartirdi. 83-daqiqada esa endigina maydonga tushgan Igor Sergeyev muvozanatni tikladi. 

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin durang natija bilan yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanes shogirdlari 1-turda Turkmaniston ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi


JCH—2026 saralashi

21-noyabr, seshanba

O‘zbekiston – Eron 2:2

Gollar: 0:1 — 14 Ramin Rizoyan, 0:2 — 38 Taremi, 1:2 — 52 Oston O‘runov, 2:2 — 83 Sergeyev.

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov, 4. Farrux Sayfiyev, 5. Rustamjon Ashurmatov (21. Igor Sergeyev, 82), 7. Otabek Shukurov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (22. Abbosbek Fayzullayev, 62), 11. Oston O‘runov (2. Abduqodir Husanov, 89), 14. Eldor Shomurodov, 15. Umarbek Eshmurodov, 23. Husniddin Aliqulov.

Eron: 1. Ali Rizo Safarberanvard, 4. Shojae Halilzoda, 5. Milad Muhammadkashmarzi, 6. Said Izatolahi, 9. Mehdi Taremi, 13. Husayn Konani, 14. Saman Goddos (18. Ali Karimi, 45), 16. Mahdi Torabi, 20. Sardor Azmun (15. Ruzbeh Cheshmi, 75), 21. Muhammad Mohebbi (7. Mehrdod Muhammadi, 75), 23. Ramin Rizoyan. 

Ogohlantirishlar: Husniddin Aliqulov (3), Husayn Konani (48) Farrux Sayfiyev (76).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »