Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 21-noyabr, seshanba kuni JCH—2026 saralashi doirasida Eronga qarshi maydonga tushadi.

O‘yindan oldin terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Barchaga xayrli kun. Terma jamoamiz ertangi o‘yinga tayyor, futbolchilarimiz ham yaxshi holatda. Ertaga muhim o‘yin kutib turganini barchamiz bilib turibmiz. Nafaqat Eronga, balki guruhdagi barcha o‘yinlar biz uchun muhim. 

Eron terma jamoasini hurmat qilaman, haqiqatan ham kuchli jamoa. Hattoki, dunyoning eng kuchli terma jamoalari ham Eron bilan o‘yinda kuchli qiyinchilikka duch keladi. Bu men uchun, futbolchilar uchun o‘ziga xos chaqiruv. Futbolchilarga motivatsiya berish ham shart emas, ular qanday raqibga qarshi o‘ynayotganini tushunib turibdi. O‘yin 0:0 hisobi bilan boshlanadi, shuning uchun o‘zimizga kerakli natijaga erishamiz, deb o‘ylayman. 

Eron futbolchilari ancha yildan buyon birga o‘ynaydi. Taktik jihatdan juda kuchli, ularda xatolar kechirilmaydi. Hujum chizig‘i haqida gapirmayman, u yerda ikki nafar kuchli futbolchilar (Azmun va Taremi) to‘p surishini mendan yaxshi bilasiz. Faqat biz emas, ular ham bizdan xavfsirashi kerak. Ertaga qaysi jamoa yaxshi formada bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. 

Srechko Katanes, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi o‘yini 21-noyabr 18:00 da start oladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »