Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ananas kletchatka va antioksidantlarning ajoyib manbai bo‘lib, uni isteʼmol qilish inson organizmi uchun juda foydalidir, lekin uni isteʼmol qilishdan oldin pishib yetilganini tanlash kerak bo‘ladi.

Foto: Pixabay.com

Pishgan ananasni qanday tanlash kerak?

Ananasning sirti silliq va sariq rangda bo‘lishi muhim. Uning pishib yetilganini ko‘rinishidan qattiq, lekin qo‘lga olganda yumshoq bo‘lishidan bilish mumkin.

Shuningdek, uning pishganini og‘irligidan va xushbo‘y hid taratishidan ham bilsa bo‘ladi. Agar ananasning biroz kechikibroq pishishini istasangiz, sal xomrog‘idan tanlashingiz kerak. Bunday ananaslar yashil-sarg‘ish va hidsiz bo‘ladi.

Oshxonadagi harorat bozor va supermarketlarga qaraganda biroz baland bo‘ladi. Shuning uchun uning buzilmasligi va yangidek qolishi uchun to‘g‘ri saqlash muhim.

Butun ananasni qanday saqlash kerak?

Nisbatan xomroq ananasni oshxonadagi meva savatchasida saqlash mumkin. Pishish jarayonini tezlashtirish uchun uni qog‘oz paketlarga joylash kerak. Ananasning pishishi uchun bir-ikki kun yetarli bo‘ladi. Pishish jarayonini sekinlashtirish uchun esa muzlatkichda saqlang.

Pishishi bilan ularni kesib qo‘ying va ko‘p muddat saqlamang aks holda taxir bo‘lib qoladi.

Kesilgan ananasni qanday saqlash kerak?

Foto: Pexels

Ananasni po‘stlog‘idan tozalagandan keyin o‘rtasidagi qattiq qismini olib tashlash kerak. Keyin parrak yoki bo‘laklarga bo‘lib qo‘yish tavsiya etiladi.

Kesilgan ananasni faqatgina muzlatkichda saqlash lozim. Uni germetik idishda saqlang. Kesilgan ananaslarni to‘rt kun ichida isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Agar jigarrang tusga kira boshlasa, bu uning buzilganidan dalolatdir.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »