Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mandarin — qish va yangi yilning anʼanaviy ramzi hisoblanadi. Oldinlari bayram arafasidagina bir-ikki dona bo‘lardi. Endi esa butun yil davomida kilogrammlab isteʼmol qilish mumkin. Lekin har doim ham me’yoridan ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Foto: Shutterstock/Fotodom.ru

Mandarin ko‘p isteʼmol qilish qanday oqibatlarga olib keladi?

  • Shakar miqdori ko‘pligi glyukozaning ortishiga sabab bo‘ladi va charchoq, holsizlikka olib keladi. Bu qandli diabetning rivojlanish xavfini oshiradi;
  • Qorin dam bo‘lishi;
  • Allergik reaksiyalar paydo bo‘ladi. Sitrus mevalar ko‘p isteʼmol qilinsa, tanada qichishish, qizarishlar paydo bo‘lishi mumkin;
  • Oshqozon-ichak kasalliklari ko‘paymoqda. Hazm qilish bilan muammosi bor insonlar, gastrit va yondosh kasalliklar bilan kasallanganlar meva tarkibida katta miqdorda kislota mavjudligi sababli, ko‘p mandarin isteʼmol qilmasliklari kerak;
  • Vazn ortishi. Albatta, bir-ikki dona bilan hech narsa o‘zgarmaydi, lekin muntazam ravishda isteʼmol qilinsa, tanada shakar miqdorining oshishi sabab vazn ortadi.

Mandarinni to‘g‘ri isteʼmol qilish:

  • mevalarni odatda ovqatdan yarim soat oldin yoki ovqatlanib bo‘lgandan keyin ikki soat o‘tib isteʼmol qilish tavsiya etiladi;
  • kuning birinchi yarmida. Bu vazn va kislota darajasining oshishi bilan bog‘liq. Uxlashdan oldin mandarin isteʼmol qilish natijasida ko‘ngil aynish holati bo‘lishi ham mumkin;
  • bir vaqtning o‘zida 3-4 tadan ko‘p mandarin isteʼmol qilmaslik kerak. Kunlik ratsionda mevalar bo‘lgani yaxshi, lekin birinchi galda xilma-xillik;
  • och qoringa isteʼmol qilmaslik. Surunkali oshqozon-ichak kasalliklari kuchayishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »