Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kundalik hayotda muntazam ravishda isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari ko‘pchilik o‘ylaganidek zararsiz emas. Shunday oziq-ovqat mahsulotlari borki, sog‘ligimizga zarar yetkazmaslik uchun ularni oqilona isteʼmol qilishimiz talab qilinadi.

Qo‘ziqorin

Foto: Unsplash

Gap yovvoyi qo‘ziqorinlar haqida ketyapti deb o‘ylashingiz mumkin, lekin unday emas. Doimiy isteʼmol qilinadigan qo‘ziqorinlar ham zararli bo‘lish ehtimoli yuqori. Maʼlum bo‘lishicha, qo‘ziqorinlar o‘zida zaharli moddalarni to‘plashga moyil. Qo‘ziqorin qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik zararli bo‘ladi. Shuning uchun haddan tashqari yetilgan qo‘ziqorinlarni isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi, chunki oqsil parchalanadigan mahsulotlar xavfli va zaharlanishga olib kelishi mumkin.

Kartoshka

Foto: Unsplash

Kartoshkada odam uchun xavfli bo‘lgan solanin (zaharli kimyoviy birikma) mavjud. Agar siz kartoshkada biroz bo‘lsa ham yashil dog‘larni ko‘rsangiz uni tashlab yuborganingiz maʼqul.

Pomidor

Foto: Unsplash

Pomidorda ham kartoshka kabi zararli moddalar mavjud. Solanin ko‘ngil aynishi, qusish va hatto gallyutsinatsiyaga ham olib kelishi mumkin. Ammo foydali xususiyatlari ham yo‘q emas. Yashil pomidorlardan ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Pishgan pomidorda solanin darajasi nisbatdan kamroq bo‘ladi.

Loviya

Foto: Unsplash

Nima uchun loviyani uzoq vaqt pishirish kerakligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Maʼlum bo‘lishicha, uning tarkibida odam salomatligi uchun xavfli bo‘lgan ko‘p miqdorda fitogemoglyutinin mavjud. Undan loviyani 7-12 soat suvda saqlash va uzoq vaqt pishirish orqali qutulishingiz mumkin. Pishirishdan oldin suvni yangilashni unutmang.

Keshyu yong‘og‘i

Foto: Unsplash

Keshyu — ko‘pchilikning sevimli yong‘og‘i bo‘lib, juda foydali hisoblanadi. Faqat uni xomligicha isteʼmol qilish terida allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Supermarketlardagi qadoqlangan keshyudan tashvishlanmang, ularga maxsus ishlov berilgan bo‘ladi. Lekin chinakam xom yong‘oqlardan tiyilgan maʼqul.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »