Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponlar nordon mandarinlarni tashlab yubormaydi. Ular sinalgan usul yordamida meva tarkibidagi kislotani ketkazadi. Buning uchun:

  • Mandarinlarni chuqur idishga soling.
  • Meva ustiga taxminan 40 daraja haroratdagi suvni quying.
  • 10 daqiqa kuting.

Mevalarni suvdan oling va tatib ko‘ring. Agar yanada shirinroq bo‘lishini istasangiz, uni muz solingan idishga solib qo‘yish mumkin.

Ushbu oddiy usulning butun siri shundaki, harorat o‘zgarishi tufayli mandarin tarkibidagi kislotalar yo‘q bo‘lib, mevaga shirin ta’m qaytadi.

Shu bilan birga, nordon mandarinlardan shirinlik tayyorlashda ham foydalanish mumkin: issiq harorat va shakar meva tarkibidagi kuchli kislotani yo‘qotadi. Mandarinlar bilan birlashtirish uchun eng yaxshi ziravorlar vanil ekstrakti, muskat yong‘og‘i, yalpiz, kardamon va dolchin ekanligini hisobga oling.

Mandarinlarni tanlayotganda nordon mevalarni sotib olmaslik uchun ularning tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish kerak. Pishgan shirin mandarin to‘q sariq yoki yorqin sariq rangga ega bo‘ladi, qora dog‘lar, mog‘or izlari va elastik qobig‘i bo‘lmasligi kerak. Bu borada hatto oltin qoida ham bor: mandarin qanchalik yengil bo‘lsa, shunchalik nordon bo‘ladi.

Yapaloq shakl mevaning eskirganligi yoki yuqori kislotaliligini bildiradi. Ammo istisno holatlar ham bor: Marokash mandarinlari tabiiy ravishda yapaloq shaklga ega. Yupqa po‘choq har doim ham mandarin nordonligini ko‘rsatmaydi: masalan, meva O‘rta Yer dengizi turlariga tegishli bo‘lsa, po‘stlog‘i qalin bo‘lmasa ham shirin bo‘laveradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »