Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aktyorlik olamida go‘zal ayol yoki kelishgan erkak o‘zidan butunlay boshqacha obraz – xunuk va ahmoqona, hatto qo‘rqinchli filmdagi yirtqich hayvonni ham o‘ynashi odatiy hol emas. Bugungi maqolamizda yoqimsiz tomonlarini ko‘rsatishdan qo‘rqmaydigan va ko‘rimsiz rollarni jasorat bilan ijro etadigan aktrisalarni to‘pladik.

Anya Chalotra

 
 
Foto: AdMe

Jodugar Geralt haqidagi serialda aktrisa sehrgar Yennefer rolini o‘ynaydi. U nafaqat sohibjamol afsungarni, balki o‘tmishdagi bukri Yennefer obrazini ham maromiga yetkazib ijro etgan.

Elizabet Moss

Foto: AdMe

Elizabet “Aqldan ozganlar” filmida Peggi ismli kotiba rolini o‘ynaydi. Aytgancha, uning qahramoni, “Ayollar nega o‘ldiradi” filmidagi kabi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, yanada kreativ va go‘zal ayolga aylanadi.

Nikol Kidman

Foto: AdMe

Nikol grim yordamida xunuklashib, “Qasos vaqti” jinoiy dramasida ko‘rimsiz detektiv Erin rolini o‘ynashdan qo‘rqmagan.

Rozario Douson​

Foto: AdMe

“Asoka” filmi yulduzi qizi yaxshiroq hayot izlab uyidan qochib ketgan ijtimoiy jihatdan omadsiz ayol rolini o‘ynaydi. Drama “Menga boshpana bering” deb nomlanadi.

Emi Shumer

Foto: AdMe

“Hurliqo” filmida Emi sodda va kamtarin qiz Reneni o‘ynaydi, u to‘satdan sport zalida yomon yiqilib, hushidan ketadi va sohibjamolligiga 100 foiz ishongan holda o‘ziga keladi.

Tezi Serfes

Foto: AdMe

“Filadelfiyada har doim quyosh” sitkomida Tezi Margaret ismli kar-soqov qiz MakPoyl oilasining a’zosi sifatida kichik rol o‘ynagan.

Kristin Leykin

Foto: AdMe

Kristin Jun ismli “xunuk dugona” rolini o‘ynagan film o‘z-o‘zidan tushunarli nomga ega: “Sohibjamol va maxluq”. Albatta, Kristina umuman xunuk emas, keyinroq filmda irkit o‘rdakchadan chiroyli oqqushga aylanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »