Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Albatta, reinkarnatsiya qilishni bilmagan aktyor hech qachon mashhur bo‘lolmaydi. Misol uchun, Helena Bonem Karterning deyarli har bir qahramoni o‘ziga xos mimikasi va yurishi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Helena Bonem Karter

Ko‘p yillar davomida Helena Bonem Karter faqat nozik va ziyrak qahramon sifatida qabul qilingan. Ammo aktrisa o‘ziga yuklangan ushbu obrazda qolishni xohlamaydi va “Jangchilar klubi”da o‘zini boshqa rakursdan ko‘rsatadi — betashvish Marla Sing rolini o‘ynaydi. Shunday qilib, u har qanday odamga aylanishi mumkinligini isbotlaydi. Shu jumladan “Garri Potter” filmidagi xiyonatkor Bellatriks Lestreynj obrazini qoyilmaqom ijro etadi.

Natali Dormer

“Kazanova”dagi nozik Viktoriya “Taxtlar o‘yini”dagi shiddatli Margayeri Tirelldan shunchalik uzoqdaki, rollarni xuddi shu aktrisa Natali Dormer o‘ynaganini tasavvur qilish qiyin. Aktrisa “Hayot-mamot o‘yinlari” filmidagi Kressida rolini qayilmaqom tarzda ijro etgan.

Stellan Skarsgard

Stellan Skarsgard “Karib dengizi qaroqchilari” filmida Uill Tyornerning otasi, shapaloq Bill laqabli qaroqchi rolini o‘ynaydi. Keyin esa Marvel kino olamida olim Erik Selvig sifatida namoyon bo‘ladi. “Dyuna” filmini tomosha qilgan har bir kishining xotirasida baron Vladimir Harkonnen bo‘lib qoladi.

Keyt Uinslet

Keytning omadli chiptasi “Titanik” filmidagi Rouz roli bo‘ldi, undan keyin “Toza aqlning abadiy quyoshi” filmida yorqin Klementin Kruchinski rolini ijro etdi. Uzoq kutilgan “Avatar: Suv yo‘li” filmida Keyt Metkayina urug‘idan bo‘lgan jangchi Ronal rolini o‘ynadi.

Anya Teylor-Joy

Teylor-Joyning xarizmasi va iste’dodi filmdagi debyutidan atigi 7 yil o‘tgach, unga birinchi “Emmi” nominatsiyasi va “Oltin globus” mukofotini keltirdi. Yosh aktrisaning 2015-yilgi “Jodugar” filmidagi roli uni yanada mashhurlik qildi. O‘shandan buyon Anya o‘ziga ishonib topshirilgan har qanday obrazni jonli va ishonchli tarzda gavdalantirishga qodirligini har bir ishida isbotlab kelmoqda.

Jessika Chesteyn

Go‘zal Jessika Chesteyn “Xizmatkor” dramasida malla sochli ayol Seliya Fut rolini o‘ynaydi. Ammo uni bu rolda eslaganlar uchun “Interstellar” filmidagi Myorfni ham u o‘ynashini taxmin qilish qiyin edi. Temmi Fey obrazidagi aktrisani esa faqat yorqin ko‘zlaridan tanib olish mumkin.

Josh Brolin

Josh Brolin “Oskar” mukofotiga nomzod va ko‘p qirrali aktyor hisoblanadi. “Qora libosli odamlar” filmidagi yosh agent Kay va “Qasoskorlar” filmidagi qudratli Tanos obrazlari aktyorga mashhurlik olib keldi. “Dyuna” filmida Josh Atreyds xonadoniga sodiq bo‘lgan jangchi Gurni Hollek obrazini o‘ynaydi —  Timoti Shalame ijro etgan Polni jang san’atiga o‘rgatadi va keyinchalik uning yaqin do‘sti va ittifoqchisiga aylanadi.

Jeyk Jillenhol

“Fors shahzodasi” filmidagi shahzoda Dostondan Jeyk “Chapaqay” sport dramasida yarim og‘ir vaznda boks bo‘yicha jahon chempioni buyuk Billi Hopga aylandi. Ehtimol, Jillenholni “O‘rgimchak odam: Uydan uzoqda” filmidagi Misterio obrazida tanimagandirsiz.

Endi Serkis

Endi Serkis — niqoblanishning ustasi. U o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida “Uzuklar hukmdori” filmidagi Gollum, “Maymunlar sayyorasining paydo bo‘lishi” filmidagi primat Sezar, King Kong, “Yulduzlar jangi”da oliy rahnamo Snok kabi obrazlarni ekranda “jonlantirishga” muvaffaq bo‘ldi. Xullas, aktyorning asl qiyofasini “Nufuz” filmida ko‘rish mumkin.

Gvendolin Kristi

Gvendolin Kristi o‘z vatanida “Sehrgarlar o‘zga sayyoraliklarga qarshi” fantastik teleserialida suratga tushganidan so‘ng mashhur bo‘ldi. Dunyo esa “Taxtlar o‘yini” filmidagi Brienna Tart rolidagi ajoyib ijrosi tufayli uni tanidi. “Uenzdey” teleserialidagi direktor Larisa Uimsning roli — u shunchalik nafis ko‘rinadiki, qilichni mohirlik bilan tutadigan va ritsar bo‘lishni orzu qiladigan qattiqqo‘l xonimni darhol taniy olmaysiz.

Robbi Koltreyn

Ma’lum bo‘lishicha, “Oltin ko‘z” filmidagi makkor yovuz qahramon va “Garri Potter” franshizasidagi xushmuomala Hagridni bitta aktyor — betakror Robbi Koltreyn ijro etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »