Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-yilning dastlabki 3 oyida o‘zbekistonlik professional bokschilarni muhim janglar kutib turibdi. 

Professional boks assotsiatsiyasi yanvar, fevral, mart oylarida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan muhim janglarga to‘xtalib o‘tdi.

2024 yilda o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi chempionlik janglariga ham guvoh bo‘lamiz. Otabek Xolmatov 2-mart kuni vakant bo‘lib qolgan WBA kamari uchun amerikalik Raymon Fordga qarshi ringga ko‘tariladi. Chempionlik jangiga AQSHning Nyu-York shtati, Verona shahri mezbonlik qiladi. Top Rank promouterlik kompaniyasi 317 500 dollar evaziga ushbu jangni tashkil etish huquqini qo‘lga kiritgan. 

Foto: DAZN

Shahram G‘iyosov 24-fevral kuni AQSHning Orlando shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga chiqadi. Shu kuni unga meksikalik Pablo Sezar Kano raqiblik qiladi. Jang g‘olibi WBA kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi. 

Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov 13-yanvar kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Cocky Buffalo promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan oqshomda navbatdagi janglarini o‘tkazadi. O‘ta yengil vazn toifasida WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov (28-5-0) xitoylik Vulan Tuolexazi (15-5-2) bilan jang qiladi. Birinchi yarim o‘rta vazn toifasidagi Abdurasul Ismoilovga (10-2-0) esa yana bir Xitoy vakili Veyvey Liu (4-2-0) raqiblik qiladi. 

Foto: Boxing Social

Shuningdek, Murodjon Ahmadaliyev kamarlarini qaytarib olish 2024-yilning birinchi choragida ringga chiqadi. Bektemir Meliqo‘ziyev ham joriy yilda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazishi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »