Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ortda qolgan 2023-yil o‘zbekistonlik bokschilar uchun ham ancha sermahsul kechdi. 

Professional bokschilar bir nechta katta janglarda ishtirok etdi. Keling, ularni yodga olamiz.

O‘zbekistonlik bokschilarning 2023-yilgi ishtirokini Olimjon Nazarov boshlab berdi. 28 yanvar kuni o‘tkazilgan jangda o‘ta yengil (-50,8 kg) vazndagi bokschi WBO Oriental kamarini Seul shahrida himoya qildi. U tailandlik 27 yoshli Jakravut Majungoenni ochkolar (120-108, 120-108, 120-108) evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Xuddi shu kuni Odiljon Aslonov Yekaterinburg shahrida rossiyalik Maksim Smirnovdan ustun keldi. 

Foto: Getty Images

29-yanvar tongida Bektemir Meliqo‘ziyev Kaliforniyada amerikalik Ulises Syerrani uchinchi raundda nokautga uchratdi. Bu g‘alabasi evaziga u WBO Global kamarini qo‘lga kiritdi. 

Dilshodbek Ro‘zmetov
Foto: Tapology

5-mart kuni yarim yengil vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustasi Otabek Xolmatov (11-0) Angliyaning Nyukasl shahrida britaniyalik Tomas Patrik Uordni (33-0-2) 5-raunddayoq nokautga uchratdi. Bu g‘alaba unga chempionlik jangida ishtirok etish huquqini taqdim etdi. Shu kuni yarim og‘ir vazndagi Dilshodbek Ro‘zmetov Meksikada mezbon yurt vakili Xesus Palomaresni (7-2-1) ochkolar hisobiga ko‘ra yengdi. 

11-mart kuni yengil vazn toifasida jang qilib kelayotgan Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida mo‘g‘ulistonlik Ochirsuren Amarsanani ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi. 

Foto: DAZN

9-aprel kuni AQSHning San-Antonio shahrida super yarim o‘rta vazn toifasidagi bokschi Isroil Madrimov (9-0-1) o‘zi uchun yangi — o‘rta vaznda ringga ko‘tarildi. U amerikalik Rafael Igbokveni (16-4) hakamlarning yakdil qarori bilan (100-90, 99-91, 99-91) yengdi.

Foto: Getty Images

Aynan shu oqshomda ikkinchi yengil vaznda WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev filippinlik Marlon Tapalesga yutqazib qo‘ydi. Hakamlarning ikki nafari 115:113 hisobi bilan Tapales foydasiga qaror chiqargan. Uchinchi hakam Murodjonning yirik 118:110 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagandi. 

Foto: “Daryo”

16-aprel kuni Iqboljon Xoldarov Meksikada mezbon bokschi Eleazar Valensuelani birinchi raunddayoq mag‘lub etdi. 

Foto: Getty Images

23-aprel kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik Gabriel Rosadoga qarshi revansh jangini o‘tkazdi. O‘n raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan Meliqo‘ziyev g‘alaba qozondi

Foto: Instagram

18-iyun kuni AQSHning Nyu-Orlean shahrida yarim o‘rta vazn toifasidagi Shahram G‘iyosov (14-0) amerikalik tajribali Harold Kalderonni (27-1) 120-108, 118-110, 116-112 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi va WBA yo‘nalishida majburiy da’vogarga aylandi. 

Foto: Instagram

27-avgust kuni Bahodir Jalolov prof boksdagi 13-jangini o‘tkazdi. AQSHning Oklahoma shtati Talsa shahrida tashkil etilgan boks oqshomida Bahodirga nigeriyalik Onoriode “Godzilla” Yevarieme raqiblik qildi. Jalolov 1-raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratdi

Foto: Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati

7-noyabr kuni Hasanboy Do‘stmatov (6-0-0) Sochi shahrida JAR bokschisi Sifamandla Baleni (JAR, 21-6-2)ni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi

Foto: MOQ

17-noyabr kuni Toshkentda katta professional boks oqshomi o‘tkazildi. Uning doirasida O‘zbekistondan Abdumalik Halokov, Qudratillo Abduqahhorov, Miraziz Mirzaxalilov, Mujibillo Tursunov, Bahodir Jalolov ringga ko‘tarildi va g‘alabaga erishdi. Jalolov JAR vakili Kris Tompsonni birinchi raundda nokautga uchratdi

15-dekabr kuni Xurshid Tojiboyev Fransiyaning Lion shahrida Kaddur Hmianini oltinchi raundda texnik nokaut bilan yengdi.

Foto: Getty Images

Murodjon Ahmadaliyev 17-dekabr kuni AQShda meksikalik Kevin Gonsalesni sakkizinchi raundda texnik nokautga uchratib, WBA chempionlik kamari uchun da’vogarga aylanib oldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »