Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “tug‘ilishlar statistikasidagi qarama-qarshiliklar” mavzusi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holatga Adliya vazirligi matbuot xizmati oydinlik kiritdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Adliya vazirligi tomonidan 4-yanvar kuni 2023-yil davomida FHDY organlari tomonidan qayd etilgan tug‘ilishlar soni yuzasidan statistik ma’lumotlar e’lon qilingan. Unda 968 140 ta tug‘ilish holati qayd etilgani keltirilgan. Vazirlik matbuot xizmatining bildirishicha, mazkur ma’lumotlardagi tug‘ilishlar soni 2022-yilga nisbatan “ko‘paygan” so‘zi texnik xatolik sababli “kamaygan” so‘ziga almashib qolgan. Hozirda ushbu xatolik bartaraf etilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlarida 2023-yilda O‘zbekistonda 961 962 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan. Ya’ni Adliya vazirligi keltirgan tug‘ilishlardan farq 6178 tani tashkil etdi

Qayd etilishicha, Adliya vazirligi va Statistika agentligi tug‘ilishlar bo‘yicha bitta manbadan foydalanadi. Adliya vazirligi tomonidan FHDY organlari tomonidan bir yil davomida qayd qilingan jami tug‘ilishlar ma’lumotlari yuritilsa, Statistika agentligi faqatgina tirik tug‘ilgan bolalar soni haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilib boradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »