Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Adliya vazirligi axborot xizmati 2023-yildagi tug‘ilishlar bo‘yicha statistikani e’lon qildi

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Xabar berilishicha, FHDY organlari tomonidan 2023-yilda 968 140 ta tug‘ilish holati qayd etilgan. Ulardan:

  • o‘g‘il bolalar — 501 177 ta;
  • qiz bolalar — 466 563 ta.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p tug‘ilish:

  • Samarqand — 114 446 ta;
  • Farg‘ona — 107 602 ta;
  • Qashqadaryo — 102 364 ta.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, mamlakatda jami 1043 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona  viloyatida (160 nafar) qayd etilgan. 

Statistika agentligiga ko‘ra, Toshkent shahrida 2023-yilning yanvar—iyul oylarida FHDY organlari tomonidan 45 473 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar oyida 76 199 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDY organlarida qayd etilgan. Ulardan 1 816 nafari egizak chaqaloqlar hisoblanadi. Yanvar—iyun oylarida esa 434 519 ta tug‘ilish qayd etilgan. 2022-yilda esa O‘zbekistonda birinchi farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 nafarni tashkil etgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »