Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Emmanuel Peti Kilian Mbappening “Real”ga ehtimoliy o‘tishi haqida fikr bildirdi.

Foto: Getty Images

“Real” Mbappeni katta pullar evaziga o‘ziga og‘dirmoqchi edi. Lekin vaziyat o‘zgardi. Nega? Chunki madridliklar o‘zini sotilgandek his qildi. Bilmadim, rostdan ham shunaqami-yo‘qmi, lekin vaziyat shunday.

Undan tashqari, “Real”da hozir Bellinghem bor. Aynan u yulduz. Klubda bir vaqtda porlab turadigan bir nechta yulduz bo‘ladi deyapsizmi? “Real” qanday tuzilganidan xabaringiz bormi? Barchasi boshqacha, u yerda juda ko‘p katta “ego”lar mavjud.

Mbappe “Real” tarixidagi navbatdagi futbolchi bo‘ladi, xolos. Klub bir necha bor Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan, juda ko‘p “Oltin to‘p” egalari u yerda to‘p surgan. Ular bunga o‘rgangan.

Agar Kilian uyoqqa o‘tsa, o‘zining Mbappe ekanligini, dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri ekanligini isbotlashiga to‘g‘ri keladi. Endi qiyin bo‘ladi, chunki uni bir yarim yil oldingidek iliq kutib olishmaydi.

Avvalroq, Mbappe “Real”ga o‘tishi haqida “PSJ” prezidentini ogohlantirmoqchiligi, Nosir al-Helayfi esa uning klub rahbarlari bilan shaxsiy kelishuvi borligi ma’lum qilgani aytilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »