Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda “O‘zbekiston—2030” strategiyasi doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi va ularning samaradorligini oshirish borasidagi navbatdagi qadamlar ko‘rib chiqilgan.

Strategiyani O‘zbekistonda Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili deb eʼlon qilingan 2024-yilda amalga oshirishning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlarni shakllantirish, fan, innovatsiyalar va IT sohasini rivojlantirish, “yashil” va raqamli texnologiyalarni joriy qilish kabi yo‘nalishlarda ichki zaxiralarni yanada samarali ishga solish va xorijiy hamkorlar bilan sheriklikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, dekabr o‘rtalarida prezident Suma Chakrabarti bilan mamlakatni xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuksaltirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »