Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Las-Vegasda dunyodagi eng yirik Maishiy elektronika ko‘rgazmasi (CES) davom etmoqda. Ko‘rgazmada sun’iy intellektga asoslangan ixtirolar, kundalik turmushda yordam beruvchi yangi qurilmalar namoyish etilmoqda. Bu haqda ko‘rgazmada ishtirok etayotgan “Daryo” vakili xabar qildi.

Ko‘rgazma ishtirokchilaridan biri yopiq sharoitda o‘stiriladigan “aqlli” bog‘ni ko‘rsatdi.

“Bular yopiq gidroponik aqlli bog‘lar. Ular modulli. Ha, ularda o‘simliklar butunlay suv ichida o‘sadi. Rezervuardagi oziq moddalarga boy suv aylanadi, pastga tushadi, aylanadi, pastga tushadi. Bog‘dagi chiroqlar maxsus ilova yordamida boshqariladi. Mijoz ilovani o‘rnatib olishi va chiroqlarni sozlashi mumkin.

O‘simliklarning o‘sishi uchun 608 hafta vaqt ketadi, bu, albatta, o‘simlik turiga qarab farq qilishi mumkin. Ushbu usulda o‘stirish suv sarfini taxminan 80-90 foizga tejaydi.

Foto: "Daryo"

“Aqlli” bog‘larda, shubhasiz, ko‘katlar va o‘tlarni o‘stirish mumkin, lekin mevalar, ayrim ildizli sabzavotlar, gullar, kungaboqar, baqlajon, bodring va o‘zingiz istagan deyarli hamma narsani yetishtirsangiz bo‘ladi.

Xullas, bu modulli tizim, u bir darajali, ikki, uch darajali bo‘lishi mumkin. Ammo bu CES (Maishiy elektronika ko‘rgazmasi)ning bir kashfiyoti. Bu alohida modul, asosi bir xil. Ammo buning kelib chiqishi Rimga taqaladi. Ko‘rib turganingizdek, bu bitta o‘simlikni katta qilib o‘stirishga mo‘ljallangan.

Shunday qilib, biz to‘liq o‘lchamdagi pomidorlarni o‘stiryapmiz. Ofisda men Tailand qalampirini yetishtiryapman”.

Foto: "Daryo"

Ko‘rgazma ishtirokchilaridan yana biri xonadon rejasiga qarab uning virtual ko‘rinishini yaratib beradigan dasturni namoyish qildi.

“Mening ismim Boris. Men Monster asoschilaridan biriman. Biz dunyodagi birinchi to‘liq avtomatlashtirilgan interyer dizayni va vizualizatsiya dasturini yaratdik. Umuman olganda, biz bir necha daqiqa ichida hech qanday inson aralashuvisiz xonadon rejasini virtual sayohatlarga aylantiramiz. Ushbu virtual sayohatlar foydalanuvchilarning xohishiga ko‘ra real vaqtda shaxsiylashtirilishi mumkin.

Foydalanuvchilar uy yoki ko‘chmas mulk xaridorlari bo‘ladi. Odamlar bizning platformamizga kirib, o‘zlari sotib olishni istagan uy rejasini yuklaydi. Biz yaratgan AI uy rejasi tafsilotlarini, xonalar, derazalar, eshiklar, oshxona va vannaxona qanday bo‘lishi kerakligini tushunadi va keyin bir necha soniya ichida uning virtual ko‘rinishini yaratadi.

Foto: "Daryo"

Ushbu virtual sayohat odamlarning uslubiga yoki har qanday foydalanuvchining xohishiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Shunday qilib, biz kashfiyotimizni asosan mulk sotuvchilarga sotamiz. Ko‘chmas mulk sotuvchilari, yaratuvchilari, brokerlar va ko‘chmas mulk agentlariga. Shuningdek, bizda korporativ paket mavjud. Siz korporativ paketni olasiz. Dasturga binoning muayyan bo‘lagini emas, balki butun loyihani ko‘rsatishingiz mumkin.

Avval atrofdan boshlaymiz, keyin loyihamizni tanlaymiz va uning ichiga kiramiz. So‘ng ularni qiziqtiradigan turni tanlaymiz. Shundan so‘ng darhol ularning virtual sayohati boshlanadi. Ular o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, biz ko‘chmas mulk bozoriga real vaqtda giperpersonalizatsiyani olib kelamiz”.

Ko‘rgazmada shuningdek, quvvati 5000 vatt bo‘lgan energiya qutisi ko‘rsatildi

“Bu batareya qutisi. Bizning portativ elektr stansiyamiz. Quvvati taxminan 5000 vatt. Uni uyda yoki tashqarida ishlatishingiz mumkin. Bu qurilma uyni energiya bilan ta’minlaydi. Uning narxi 2000 dollar”, — dedi ko‘rgazma ishtirokchisi.

Foto: "Daryo"

Bu yilgi ko‘rgazmada avtomobil texnologiyasi ham asosiy mavzulardan biri bo‘lmoqda. Tadbirda uchar avtomobillar namoyish etildi. Osiyodagi eng yirik uchar avtomobil kompaniyasi Xpeng Aeroht bunday avtomobilga 2024-yilning IV choragida oldindan buyurtma olishni boshlashini, mijozlarga yetkazib berish esa 2025-yilning IV choragida boshlanishini e’lon qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »