Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi 11-yanvar kuni mamlakatda davlat to‘ntarilishining oldi olinganini ma’lum qildi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.

Foto: “AKIpress”

Ma’lum qilinishicha, tadbirkor Imomidin Tashov va faol Tilekmat Kurenovning o‘nlab sheriklari hibsga olinib, ularning respublikada hukumatni ag‘darish niyatlari tasdiqlangan. Ular tergov izolyatorida telefon orqali ommaviy tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirgan. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi qo‘lga olinganlarni so‘roq qilgan, ular ko‘rsatma bergan.

“Jumladan, Imomidin Tashov tomonidan tayyorgarlik va tashkiliy tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha maʼlumotlar olindi”, — deydi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 326-moddasi 1-qismi va 245-moddasi — hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish, tijorat yoki boshqa tashkilotlar xodimlarining vakolatlarini suiiste’mol qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tashov va Kurenov tergovdan yashiringan, ular qidiruvga berilgan.

  • Imomidin Tashov KG Group qurilish kompaniyasi va KG Group jamoat fondi prezidenti. 2021-yilda u Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga ko‘rsatilgan va 16383 nafar ovoz olgan, bu 1,17 foizni tashkil etadi.
  • U 2023-yil oktyabr oyida qo‘lga olinib, unga nisbatan turar joy binolarini noqonuniy qurish aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tashov Bishkek Markaziy ichki ishlar boshqarmasining vaqtinchalik hibsxonasiga joylashtirilgandi.
  • Tilekmat Kurenov jamoat faoli. U Kampirbodning O‘zbekistonga berilishiga qarshi bo‘lgan va suv omborini muhofaza qilish qo‘mitasi tarkibiga kirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »