Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afrikaning Gabon davlatida harbiylar hokimiyatni qo‘lga olganini e’lon qildi. Ularning bayonoti mamlakat Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovi natijalarini e’lon qilganidan bir necha daqiqa o‘tib, mahalliy televideniyeda efirga uzatildi. MSK saylovda amaldagi prezident Ali Bongo Ondimba 64,27 foiz ovoz olib, uchinchi muddatga qayta saylanganini e’lon qilgandi.

 
 
Foto: AFP

Gabon 24 telekanali efirida bir guruh yuqori martabali ofitserlar o‘zlarini mamlakatning barcha kuch tuzilmalari vakili deb atab, saylov natijalaridan norozi ekanini aytishdi – ovoz berish natijalari bekor qilindi. Harbiylar Gabon chegaralari yopilishini va barcha hokimiyat institutlari tarqatib yuborilishini ma’lum qildi.

“Gabon xalqi nomidan biz amaldagi rejimga chek qo‘yib, dunyoni himoya qilishga qaror qildik”, — dedi ofitserlar.

Gabon prezidenti va hukumati harbiylarning hokimiyatni egallash to‘g‘risidagi bayonotiga hali rasman izoh bermadi. Gabondagi xalqaro agentliklar muxbirlari xabar berishicha, mamlakat poytaxti Librevil ko‘chalarida otishma ovozlari eshitilmoqda.

Ali Bongo Ondimba 2009-yildan buyon prezidentlik qiladi

2019-yil yanvar oyida ham Gabonda harbiylar davlat to‘ntarishi uyushtirishga va Ali Bongo Ondimbani hokimiyatdan chetlatishga harakat qilgandi, ammo o‘shanda hukumat kuchlari qo‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘lgan. 55 davlatni o‘z ichiga olgan Afrika Ittifoqi davlat to‘ntarishiga urinishni qoralagan.

Ali Bongo Ondimba 2009-yildan buyon prezidentlik qiladi. U 1967-yilda hokimiyat tepasiga kelgan otasi Umarning vafotidan keyin Gabonni boshqarishga kirishgan.

Gabon Afrikaning iqtisodiy jihatdan eng barqaror davlatlaridan biri va mintaqa uchun yirik neft eksportchisi hisoblanadi. Mamlakatda 2,2 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Nigerdagi harbiy to‘ntarish

26-iyul kuni Afrikaning yana bir davlati — Nigerda harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. Prezident gvardiyasi davlat rahbari Muhammad Bazumni hokimiyatdan chetlatdi. Ikki kundan so‘ng prezident gvardiyasi boshlig‘i general Abdurahmon Tchiani o‘zini yangi davlat rahbari deb e’lon qildi.

G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS) mamlakatlari Nigerga harbiylarni kiritishga tayyorligini e’lon qildi. Bunga javoban davlat to‘ntarishlari natijasida hokimiyatga kelgan harbiylar boshqaruvidagi yana ikki Afrika davlati — Mali va Burkina-Faso “Niger ishlariga har qanday harbiy aralashuv ularga qarshi urush eʼlon qilish bilan barobar bo‘lishini” bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »