Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi 2024-yil mart oyida o‘tkaziladigan Rossiya prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etish uchun do‘st bo‘lmagan davlatlar vakillariga taklif yuborgani yo‘q, dedi MSK aʼzosi Pavel Andreyev “Izvestiya” nashriga.

Foto: “RIA Novosti”
“MSK taklifnomalarni faqat o‘zining kontragentlariga — boshqa mamlakatlardagi saylov organlariga va xalqaro ixtisoslashgan sanoat (tashkilotlar)ga yuboradi. Biz do‘st bo‘lmagan mamlakatlarning saylov organlarini taklif qilmadik”, — deya aniqlik kiritdi Andreyev.

Markaziy saylov komissiyasi vakilining qo‘shimcha qilishicha, taklifnomalar Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi vakillari tomonidan qabul qilingan. Andreyevning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab davlatlar Rossiya prezidentlik saylovlariga kuzatuvchilar yuborishga qiziqish bildirgan.

Kreml 2024-yilgi prezidentlik saylovlariga tayyorgarlikni 2021-yil o‘rtalarida boshlagan, deb xabar berdi “RBK” manbalari. Ular Vladimir Putinning nomzodi tayanch ssenariy sifatida ko‘rib chiqilayotganini xabar qilishdi.

Rossiyada prezidentlik saylovlari 2024-yil 15-martda boshlanib, 17-martgacha bo‘lib o‘tadi. Amaldagi prezident Vladimir Putin o‘z nomzodini ilgari surmoqchi ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, Rossiya Liberal-demokratik partiyasidan (LDPR) Leonid Slutskiy nomzodi, birlashgan “Partiya rosta” va “Novie lyudi”dan davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Vladislav Davankov nomzodi ilgari surildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »