Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli to‘xtab qolgan avtobusdan 55 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi. Bu haqda mamlakat FVV xabar berdi.

Foto: Qozog‘iston FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Toshkent—Qozon yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi 13-yanvar kuni Qozog‘istonda respublika ahamiyatiga molik Samara—Chimkent avtomobil yo‘lining 965-kilometrida to‘xtagan.

Texnik nosoz avtobusda bo‘lgan 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kuchlari tomonidan Qorabutak qishlog‘idagi masjidga evakuatsiya qilingan. Ular tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan.

Foto: Qozog‘iston FVV matbuot xizmati

“Ob-havo o‘zgarishini kuzatib borishingizni va ob-havo sharoiti yomonlashsa va yo‘llarda transport vositalari harakatiga cheklovlar joriy etilsa, yo‘lga chiqmaslikni qat’iy tavsiya qilamiz. Avtotransport vositalarining texnik holatini kuzatib boring”, — deya ogohlikka chaqirilgan xabarda.

Bundan bir necha kun avval Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqib, yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘ragandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »