Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidan o‘tuvchi Karabutak—Kostanay avtomobil yo‘lida ichida 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram
“29-dekabr kuni soat 18:50 da Karabuta—Kostanay avtomobil yo‘lida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketgani haqida xabar kelib tushdi”, — deyiladi Qozog‘iston FVV ma’lumotida.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. YTHga uchragan avtobus Yekaterinburg—Chimkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan bo‘lgan.

“Hodisa joyida qutqaruvchilar, politsiya xodimlari ishlamoqda, 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi tumandagi masjidga evakuatsiya qilindi”, — deyiladi FVV xabarida.

Shuningdek, qutqaruvchilar fuqarolarni noqulay ob-havo sharoitida transport vositalarida harakatlanmaslikka chaqirdi.  

Dekabr o‘rtalarida Qozog‘istonning Qarag‘andi viloyatidagi trassada avtobusda sovuqda qolib ketgan 20 nafar o‘zbekistonlikka yordam berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »