Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiyalik futbolchi Karim Benzema “Al-Ittihod” mashg‘ulotlaridan chetlatildi.

Foto: Getty Images

Saudiya klubi bosh murabbiyi Marselo Galyardo bu haqida qaror qabul qildi.

Kichik ta’tildan so‘ng futbolchilar juma kuni Jiddada joylashgan klub bazasida yig‘ilishi kerak edi. Biroq, Benzema bazaga bormadi va shu tariqa bugun start oladigan Dubaydagi yig‘inda ishtirok etmaydigan bo‘ldi. 

Karim dekabr oyi oxiridagi mashg‘ulotlarning ham 3 kunini o‘tkazib yuborgan edi.

Benzemaning atrofidagilar Marca nashriga ma’lum qilishicha, Benzema siklon tufayli Mavrikiyda qolib ketgan va shuning uchun Saudiya Arabistoniga yetib bora olmagan. 

“Al-Ittihod” mamlakatning amaldagi chempioni bo‘lib, joriy mavsum 19 turdan so‘ng 7-o‘rinda bormoqda. Hozirda chempionat Osiyo Kubogi turniri tufayli tanaffusda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »