Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Suriya (0:0) uchrashuvidan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Foto: O‘FA

Natijadan qoniqmadim. Butun o‘yin davomida hujumlar qilaverdik, ammo gol ura olmadik. Suriya 90 daqiqa himoyalandi. Qanday gol urishni bila olmadik. Boshqa aytadigan gapim yo‘q.

Eldor eng muhim o‘yinchimiz edi. U O‘zbekiston termasiga kelganimdan beri 10-15 ta gol urdi. Eldor har safar jamoaga ko‘proq narsa beraverardi. Jamoada eng zo'r hujumchingiz bo‘lmasa, doim qiyin bo‘ladi. Bunday musobaqalarda Eldorsiz muammolarga duch kelishimiz aniq edi. 

Men raqib bunchalik zich himoyalanishini kutmagandim. Bu noqonuniy emas, albatta. Suriya terma jamoasi shunchaki bunker qurdi. Siz raqib qanday o‘ynasa, shunga moslashishingiz kerak. Himoyaviy o‘ynash ayb emas.

Bizda hujumchilar bilan muammo bor, gol urishda qiynalyapmiz. Muammo faqat hujumchilarda emas. To‘p bilan sekin muomala qilyapmiz, biroz tezkorroq harakat qilish kerak. Shundagina, bo‘sh zonalar ochib, gol urishimiz mumkin bo'ladi.

Srechko Katanes, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »