Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi guruh bosqichining 1-turida O‘zbekiston terma jamoasi 13-yanvar, shanba kuni Suriyaga qarshi bahs olib bordi.

Foto: O‘FA

Birinchi bo‘limda ikkala jamoa ham ehtiyotkorroq harakat qildi va darvoza tomon aniq zarbalar berilmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Srechko Katanes biryo‘la ikkita o‘zgarishni amalga oshirdi. Hojiakbar Alijonov o‘rniga Sherzod Nasrullayev, Hojimat Erkinov o‘rniga esa Abbosbek Fayzullayev maydonga tushdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yin jonlandi. O‘zbekiston bir necha bor xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Hattoki, bir vaziyatda Masharipovning to‘xtatib bergan to‘pini Shukurov darvoza tomon yo‘naltirdi. Biroq, zarba noaniq ketdi.

77-daqiqada suriyalik futbolchi darvozani ishg‘ol qildi. Biroq, hakam o‘yindan tashqari holat qayd etdi. Uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi va jamoalar 1 ochkodan jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

B guruhining ikkinchi o‘yinida Avstraliya Hindiston ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Avstraliyaliklar tarkibida Jekson Irvin hamda Jordan Boslar gol mualliflariga aylandi.

Guruhda 1-turdan so‘ng jamoalar joylashuvi quyidagicha: 


Osiyo Kubogi

1-tur bahsi

13-yanvar, shanba

O‘zbekiston — Suriya 0:0

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov (13. Sherzod Nasrullayev, 46), 25. Abduqodir Husanov, 15. Umar Eshmurodov, 4. Farruh Sayfiyev, 7. Otabek Shukurov, 20. Hojimat Erkinov (22. Abbosbek Fayzullayev, 46), 5. Rustam Ashurmatov, 9. Odiljon Hamrobekov, 11. Oston O‘runov (Azizbek Turg‘unboyev, 90), 10. Jaloliddin Masharipov (21. Igor Sergeyev, 73).

Suriya:  Ahmad Madaniya, Aiham Hanz Usu, Muayad Alajaan, Taer Kruma, Ampntul Rahman Ues, Ezekel Ham, Amar Ramadan, Jalil Elias, Ibragim Hesar, Mahmud Alasvad, Pablo Sabbag.

Ogohlantirishlar: Mahmud Alasvad (32), Abduqodir Husanov (54).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »