Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden Yamandagi husiylar nishonlariga berilayotgan havo hujumlari zaruriy chora ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar husiylarni to‘xtatish va zaiflashtirish uchun qo‘llangan.

“AQSH bu zarbalarni zaruriy va mutanosib ravishda, xalqaro huquqqa mos va millatning o‘zini himoya qilish huquqidan foydalangan holda amalga oshirdi”, — deb yozdi Bayden Senat va Vakillar palatasi spikerlariga yo‘llagan maktubida.

Foto: Google Images

Uning qo‘shimcha qilishicha, zarbalar husiylardan keladigan xavfni cheklash va tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan. 

Murojaatda ta’kidlanganidek, zarba yo‘llash to‘g‘risidagi qarorni Jo Bayden mustaqil ravishda qabul qilgan, chunki u AQSHning oliy qo‘mondoni, ijroiya hokimiyati rahbari va mamlakat tashqi siyosati uchun mas’uldir. Qo‘shma Shtatlar prezidenti “tahdidlarga qarshi kurashish va hujumlarning oldini olishga” tayyorligini e’lon qildi.

12-yanvar kuni AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi 16 ta husiylar nishonlariga jami 60 marta zarba berdi. Bu zarbalar husiylarning Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujumlarining kuchayishi sababli berilgani ma’lum qilingan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »