Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Barcha sovet bolalarining hindular haqidagi o‘yinlari shu aktyor bilan bog‘liq. U obrazni shu qadar maromiga yetkazib o‘ynaganki, hatto hindular ham uni “bizniki” deb hisoblagan.

“Chingachguk — katta ilon” filmidan lavha
Foto: 24smi.org

Goyko Mitich 2024-yilda 84 yoshga kiradi. Mashhur yugoslaviyalik aktyor “Chingachguk — katta ilon”, “Oq bo‘rilar”, “Lochinning izi” va boshqa ko‘plab filmlaridagi obrazlari bilan millionlab teletomoshabinlarning qalbidan joy olgan.

Goyko Mitich 1940-yil Yugoslaviyada dehqon oilasida tug‘ilgan. Urush boshlanganida otasi partizanlar safida urushga ketgan. Uning tarbiyasi bilan onasi, buva va buvisi shug‘ullangan. Goyko bolaligidan kuchli va chidamli edi. U yoshlikdan yengil atletika, eshkak eshish va futbol bilan borini berib shug‘ullangan. Hattoki eshkak eshish bo‘yicha o‘smirlar terma jamoasi aʼzosi ham bo‘lgan. U murabbiy bo‘lishni orzu qilgani uchun kinoda faoliyat yuritish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. Shuning uchun Belgraddagi jismoniy tarbiya institutiga o‘qishga kiradi.

Foto: 24smi.org

60-yillarda moliyaviy qiyinchiliklar Goyko Mitichni kaskadyor sifatida kinoga olib boradi. Ajoyib jismoniy holatdagi va xarizmatik yigitni tezda rejissorlar payqaydi. Avvaliga u apachilar dohiysi Vinnetu haqidagi filmlarda epizodik rollarga, keyin esa bosh rollarga ham taklif qilina boshlandi.

“Katta ayiqning o‘g‘illari” filmidan lavha
Foto: Liveinternet.ru

Bo‘lajak aktyorga “Kalxatlar ichida” filmidagi shoshonlar yetakchisi obrazi mashhurlik olib kelgan. 1966-yilda esa “Katta ayiqning o‘g‘illar” filmida bosh rolni ijro etdi.

O‘sha paytlardan Goyko doimiy yashash uchun Germaniya Demokratik Respublikasiga ko‘chib keladi.  O‘smir yigit Chingachguk roli uchun kamondan o‘q otish va ot ustida yurishni o‘rgangan. Aktyor butun ittifoq bo‘yicha shon-shuhratga 1966-yilda butun SSSR uchun prokati sotib olingan “Chingachguk — katta ilon” filmidan keyin erishadi.

“Chingachguk — katta ilon” filmidan lavha
Foto: Liveinternet.ru

Baquvvat, kelishgan hinduga barcha qizlar oshiq bo‘ldi, o‘g‘il bolalar undan o‘rnak oldi. U sport bilan shug‘ullanish uchun ajoyib turtki bo‘ldi. Birinchi muvaffaqiyatli filmdan keyin, butun dunyo kinoteatrlarida namoyish etilgan hindular haqidagi filmlarda ko‘plab rollarni ijro etdi.

Goyko suratga tushgan filmlarning bir nechtasi SSSR hududida ham suratga olingan. Qrimda “Tekumze”, Mo‘g‘ulistonda “Oq pat dohiysi”,  Samarqandda “Ulzana” va “Apachi” filmlari tasvirga olingan.

“Chingachguk — katta ilon” filmidan lavha
Foto: Liveinternet.ru

Hatto aktyorning mahoratini asl hindular ham yuqori baholagan. Ular qanday qilib boshqa irq vakilini bunchalik tabiiy o‘ynaganiga hayron qolgan. Sovet jurnallarida Mitichning mashqlar majmuasi nashr qilingan. Shunisi diqqatga sazovorki, kartinani AQSHda umuman bilishmagan. Film prokati Amerikada namoyish etish uchun sotib olinmagan. Lekin filmning bir nechta noqonuniy nusxalari hindular yashaydigan rezervatsiyagacha yetib borib, ularning o‘z huquqlarini himoya qilishi va ommaviy qo‘zg‘olonlarga sabab bo‘lgan.

Wounded Knee rezervatsiyasida qo‘zg‘olon ko‘targan hindular. 1973-yil, fevral
Foto: Liveinternet.ru

Ommaning jasur hindularga bo‘lgan qiziqishi susaygach, Goyko Mitich o‘zini boshqa rollarda sinab ko‘ra boshladi. U Germaniya Federativ Respublikasiga ko‘chib o‘tadi va nemis tomoshabinlari orasida mashhur bo‘lgan teleseriallarda rol o‘ynay boshlaydi. Shuningdek, aktyor teatr sahnasini ham zabt etadi. Teatrlarda Spartak, Robin Gud va yana turli qahramonlarni gavdalantiradi. “Mariya Tudor” va “Ikki xo‘jayinning xizmatkori” pyesalarining ekranga moslashtirishda ishtirok etadi. Bundan tashqari bir nechta oilaviy va bolalar filmlarida ham rol o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan.

Goyko Mitich va Renata Blume
Foto: Liveinternet.ru

Aktyorning shaxsiy hayoti doimo muhokama markazida bo‘lib kelgan. Unga tarif berishlaricha, suratga olish maydonchasidagi deyarli har bir sherigi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Mitichning o‘zi bu mish-mishlarga izoh bermagan. Aktyor go‘zal nemis aktrisasi Renata Blume, polshalik kino yulduzi Barbara Brilska va hatto, mish-mishlarga ko‘ra, GDR rahbarining rafiqasi Margot Xonekker bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan.

Lekin unga merosxo‘rni italiyalik unchalik ham taniqli bo‘lmagan aktrisa Ramona tug‘ib berdi. 1992-yilda tug‘ilgan qizchaga Natali deb ism berishdi. Mitich qizining hayotida faol ishtirok etadi, lekin uning onasiga uylanmaydi. Aktyor shaxsiy hayoti haqida so‘rashganda, yolg‘iz emasligini aytgan, lekin mahbubasining kimligini oshkor qilmagan.

Foto: Liveinternet.ru

Hozirgi paytda Goyko Mitich keksayganiga qaramay, jismoniy holatini yaxshi saqlashga harakat qilmoqda. U kinodan ketgan va bor eʼtiborini teatrga qaratgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »