Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Iqtidorli turkman aktyorining yoshligi og‘ir va fojiali kechgan. Sarri Karriyev 1906-yilda tug‘ilishi bilan yetim qolgan. Onasi tug‘uruq paytida vafot etgan, otasi haqida esa maʼlumotlar yo‘q.

“Alovuddinning sehrli chirog‘i” filmidan lavha
Foto: Dzen.ru.

Chaqaloqni xolasi o‘z qaramog‘iga oladi. Xolasining o‘zi nochorlikda kun kechirgani uchun Sarri 12 yoshidan boshlab ishlashga majbur bo‘lgan. U taʼmirlash zavodida sexlardan temir qirindilarini to‘plagan va maxsus aravada chiqarib tashlagan.

Bir necha yil o‘tgach mahalliy komsomollar unga eʼtibor qaratadi. Uni yoshlar tashkilotiga qabul qilib, kechki maktabga qatnash shartini qo‘yishdi. Sababi bu vaqtda u bor yo‘g‘i to‘rtinchi sinf maʼlumotiga ega edi.

“Alovuddinning sehrli chirog‘i” filmidan lavha
Foto: Dzen.ru.

Shuningdek, uni badiiy havaskorlik faoliyatiga ham jalb qilishdi. Aynan o‘sha yerda o‘smir yigitning ajoyib aktyor va juda isteʼdodli ekanligi maʼlum bo‘ladi. Bir necha yil davomida u zavod havaskorlar teatrining yetakchi aktyori bo‘ldi.

Tug‘ma iqtidorli aktyor 22 yoshga to‘lganida Turkman drama teatri truppasiga taklif qilinadi. Uning maxsus maʼlumoti yo‘qligi hech kimga g‘alati tuyilmagan. Sarri juda yorqin, xarizmatik va o‘tkir xarakterli aktyor bo‘lgan

“Oyina” filmidan lavha
Foto: Dzen.ru.

Bundan tashqari, uning rollarida ortiqcha hech narsa yo‘q va barchasi tabiiy va haqiqiy bo‘lgan. Uning birinchi badiiy rahbarining eslashicha, Sarri o‘smirlik yillarida Stanislavskiy tizimi haqida hech nima bilmagan, lekin uning o‘zi shu tizimning yorqin timsoli bo‘lgan.

Urush boshlanishi bilanoq 35 yoshli aktyor harbiy xizmatga chaqiruvdan ozod etilganiga qaramay, ko‘ngilli bo‘lib frontga jo‘naydi. Stalingrad uchun bo‘lgan jangda oyog‘idan jarohat va qattiq kontuziya oladi. Kasalxonadan so‘ng demobilizatsiya qilingan va 1943-yilda Ashxobodga, qadrdon teatriga qaytgan.

“Hal qiluvchi qadam” filmidan lavha.
Foto: Dzen.ru.

Keyinchalik urushda olingan kontuziya jarohati sabab rollarni yodlay olmayotgani maʼlum bo‘ladi. Urushda orttirilgan jiddiy jarohat xotirasining yomonlashuviga olib kelgan va Sarri davomli dialoglarni yodlay olmagan.

Teatrdan ketishga majbur bo‘lgan aktyor o‘zini kinoda topadi. U yerda xotirasi bilan bog‘liq muammo ishiga xalal bermagan. Urushdan oldin bir nechta filmlarda o‘ynashgan ulgurgan aktyor uchun suratga olish maydonchasi yangilik bo‘lmadi.

Ashxobod kinostudiyasida u ko‘p qirrali aktyor sifatida tanildi. Ham ijobiy, ham salbiy qahramonlarni birdek isteʼdod bilan ijro eta olgan. Shu bilan birga, u hazil mutoyibaga nihoyatda o‘ch va muloyim odam bo‘lgan. “Turkmanfilm” kinostudiyasida aylanib yuradigan latifalar va hazillarning yarmini Sarri Karriyev to‘qigani haqida mish-mishlar bor.

Kinodagi birinchi bosh rolini 1955-yilda “Keksa Ashirning xiylalari” filmida o‘ynagan. Sarri filmda go‘zal qizining atrofida girdi kapalak bo‘lgan ko‘p sonli oshiqlarni chuv tushirgan topqir ota rolini o‘ynagan.

“Ovulimning odamlari” filmidan lavha
Foto: Dzen.ru.

Lekin u butun ittifoq bo‘yicha mashhurlikka 1966-yilda premyerasi bo‘lgan rejissor Boris Ritsarevning “Alovuddunning sehrli chirog‘i” filmidagi jin roli orqali erishdi.

80-yillarning o‘rtalariga kelib keksa aktyorning sog‘ligi keskin yomonlashdi va 1986-yilning bahorida o‘zining 80 yillik yubileyidan keyin ko‘p o‘tmay vafot etdi.

Sarri Karriyev hayotining oxirgi kunlarigacha hazilkash va tetikligicha qolgan. U o‘zining baxtli hayotini mahalliy teatr aktrisasi Shaker bilan o‘tkazdi va uning birinchi turmushidan bo‘lgan to‘rt nafar farzandini tarbiyaladi. Xalq artistining o‘z farzandi bo‘lmagan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »