Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Yosh aktyor 21 yoshida katta shon-shuhratga erishadi. Keyinchalik taqdirning ko‘plab qiyinchiliklarini boshdan kechirishga majbur bo‘lgan. Hamma ham hayot sinovlaridan mardonavor kurashib o‘ta olmaydi. Ayniqsa yosh, ko‘rkam va muvaffaqiyatli bo‘lsa, omad umrbod qolishiga ishonadi.

‘‘Alovuddinning sehrli chirog‘i’’ filmidan lavha
Foto: Dzen.ru

Boris Bistrov maktabni tamomlab, Chexov nomidagi Moskva badiiy teatr oliy maktabiga o‘qishga kiradi. U yerda talabalarga filmlarda suratga tushish mutlaqo taqiqlangan edi. Bu Boris uchun juda ham qayg‘uli edi, chunki uni ikkinchi kursda o‘qib yurgan paytlarida “Zamonamiz qahramoni” filmida Pechorin rolini o‘ynashga taklif qilishgan edi.

Kinoga bo‘lgan katta qiziqish uni “Mosfilm” studiyasiga yetaklab bordi. U yerda filmda kampir rolini o‘ynagan ustozi Sofiya Pilyavskava bilan uchrashadi. Teatr o‘quv yurtidagi taqiq sabab taklifni rad etishga majbur bo‘ladi. Bir yilda keyin yana xuddi shunday ssenariy takrorlanadi.

Erast Garin uni “Oddiy mo‘jiza” filmida ayiq rolini o‘ynashga taklif qiladi. Malika rolini Anastasiya Vertinskaya ijro etishi kerak edi. Sinov paytida tasvirga olish guruhiga Boris va Anastasiya juftligi juda ham maʼqul keladi, lekin Garin harchand harakat qilmasin teatr maktabi rektorini Borisni filmda rol o‘ynashi uchun ko‘ndira olmaydi.

Yakunda Vertinskaya boshqa bir “Urush va tinchlik” filmida suratga tushish uchun roldan voz kechadi. Ayiq roli bo‘lsa, Oleg Vidovga nasib qildi. Ammo taqdir Boris uchun yanada yaxshiroq sovg‘alarni tayyorlab qo‘ygan edi.

U 21 yoshida oliy maktabni tamomlab, “Lenkom” teatrida ish boshlaydi. Aynan o‘sha yerda uni rejissor Boris Ritsarev “Alovuddinning sehrli chirog‘i” filmiga bosh rolni ijro etish uchun taklif qiladi. Tasvirga olish jarayoni Qrim o‘lkasida bo‘lib o‘tdi. Film ijodkorlari qadimgi Xersones shahrining baland qirg‘og‘ida go‘zal Bag‘dodni barpo etadi.

‘‘Alovuddinning sehrli chirog‘’’ filmidan lavha
Foto: Dzen.ru

Go‘zal malika rolini 15 yoshli Dodo Chogovadze ijro etadi. Qiz Borisni yaxshi ko‘rgan, lekin u juda ham yosh bo‘lgan.

Suratga olish guruhi juda ahil bo‘lgan. Donolar-donosi rolini Georgiy Millyar o‘ynagan va o‘zining hayotiy qiziq voqealari, hazil-mutoyibalari bilan hammaga yaxshi kayfiyat ulashgan. Film haqiqatda ajoyib chiqdi va ‘‘Bog‘dodda hamma yoq tinch’’ iborasi bilan esda qoldi.

‘‘Alovuddinning sehrli chirog‘’’ filmidan lavha
Foto: Dzen.ru

Premyeradan keyin yosh yigitchaga ko‘plab maqtovlar bo‘ldi. Hamma burchakda uning suratlari tushirilgan jurnallar, otkritkalar sotila boshlangan. Muxlislarning unga bo‘lgan munosabati bir zumda uning boshini aylantirib qo‘ydi. Hayot faqat bayramlarga aylandi — ziyofatlar, spirtli ichimliklar, o‘tkinchi romantikalar.

Ammo tez orada hammasi o‘zgardi. Rejissorlar uni rolga chaqirishga ikkilanib qoldi. Sababi bunday kelishgan harbiylar, oddiy ishchilar va haqiqiy komsomolchilar bo‘lishi mumkin emasdik ko‘ringan. Boris teatrda ishlashga eʼtibor qaratdi va shundan keyin faqat vaqti-vaqti bilan kinoda o‘ynadi.

“Zarba! Yana zarba!”, “Eski masjiddagi uchrashuv”, “Sariq chamadonning sarguzashtlari” filmlaridagi rollari aktyorning eng ko‘zga ko‘ringan filmlari sifatida esda qoldi. Lekin hech biri oldingi muvaffaqiyatni takrorlay olmadi.

Inna Kmit
Foto: Kino-teatr.ru

1968-yilda Boris tadbirlarning birida “Chapayev” filmida Petka rolini o‘ynagan mashhur Leonid Kmitning qizi bilan tanishadi. Inna aktyordan 13 yosh katta edi, lekin yoshdagi farq ularning muhabbatiga to‘sqinlik qilmagan.

O‘sha paytlarda u olis tog‘li hududda “Eski masjiddagi uchrashuv” filmining suratga olish jarayonida qatnashayotgan edi. Aktyor har kuni sevgilisiga maktub yo‘llash uchun uzoq yo‘l bosib, atrofdagi eng yaqin qishloqqa kelgan. Bu muhabbat oila qurish bilan mustahkamlandi.

Maʼlum bo‘lishicha, Bistrov oila qurishga Innaga qaraganda yaxshiroq tayyor bo‘lgan. U zo‘r oshpaz edi va ularning qizi Yekaterina tug‘ilganda, u ham ota, ham ona bo‘lgan. Chaqaloqni cho‘miltirgan, ovqatlantirgan va tikuv mashinasida tagliklarni mohirlik bilan tikkan.

Inna bo‘lsa, uy ishlarini qilishni yoqtirmagan. U o‘zining televideniyedagi ishiga sho‘ng‘ib ketgan edi.

Mashhurlikka o‘rganib qolgan aktyorga berilgan unchalik ham ko‘zga ko‘rinmaydigan rollar unga faqat qayg‘u keltiradi. Ichkilikka beriladi va bu uning tashqi ko‘rinishiga ham yomon ta’sir qiladi. Qolaversa, oilasi ham darz keta boshlagan edi.

Lekin Inna oilaning buzilishiga qarshi edi, sababi qizi butun oilada katta bo‘lishini xohladi. Baribir Yekaterina o‘n yoshga to‘lganida Boris Inna bilan ajrashdi va yana ham ko‘proq ichkilikka ruju qo‘ydi.

‘‘Zitarovlar oilasi’’ filmidan lavha
Foto: Dzen.ru

Teatrda rollar deyarli yo‘q edi, filmlarga bo‘lsa uni taklif qilmay qo‘yishdi. Moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun u dublyajga kirishga qaror qildi. Va bundan hech afsuslanmasa ham kerak. Tez orada u dublyaj uchun tug‘ilgani maʼlum bo‘ldi.

U yana oila qurishga harakat qildi va raqqosa Tatyana Leybelga uylandi. Ammo turmush uzoq davom etmadi. Tatyana Kanadaga ketmoqchi bo‘lganida ularning yo‘llari ayro tushdi. Sababi Bistrov o‘zning kelgusi hayotini u yerda ko‘rmadi. Ammo uchinchi urinish muvaffaqiyatli bo‘lgan desak adashmayotgan bo‘lamiz.

Aktrisa Irina Savina birinchi uchrashuvdanoq uning qalbidan joy oladi. Boris uni oshpazlik isteʼdodi bilan hayratda qoldirishga qaror qiladi. Garchi Irinaning o‘zi zo‘r oshpaz bo‘lsa-da, Borisning pazandaligi uni hayratda qoldirdi. Ular bir-birini yarim so‘zidan tushunardi va tez orada turmush qurishdi.

Aktrisaning birinchi turmushidan Boris ismli o‘g‘li bor edi. Bir necha yil o‘tgach, juftlik Nikolay ismli bolaning ota-onasi bo‘ldi.

Asta-sekin hayot o‘z iziga tusha boshladi. 90-yillarda, ko‘plab aktyorlar ishsiz qolganida Bistrov dublyaj bilan muvaffaqiyatli shug‘ullangan. Irina eriga spirtli ichimliklarga qaramlikdan xalos bo‘lishga yordam berish uchun ko‘p harakat qilgan va buning uddasidan chiqqan. Ular qirq yildan ko‘proq vaqt davomida birga yashab kelmoqda.

Foto: Dzen.ru

Bugungi kunda 78 yoshli Boris Yevgenevich sokin hayot kechirmoqda. U rafiqasi bilan birga Moskva drama teatrida ishlab kelmoqda, film va kompyuter o‘yinlariga ovoz beryapti. U haqiqiy baxtni kechroq bo‘lsa-da topdi, desak adashmagan bo‘lamiz.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »