O‘ziga bino qo‘yganlar: Kastinglarsiz ham bosh rolni ijro etishiga ishongan aktyorlar
Baʼzi mashhur aktyorlar o‘ziga bo‘lgan yuqori baho sabab filmlarda bosh rolga kastinglarsiz ham tanlanishiga ishonadi. Quyida rolidan ayrilgan va ayrilishiga bir baxya qolgan ijodkorlar haqda hikoya qilamiz.
Beyonse — “Malika va qurbaqa”
Yaxshi ovozga ega bo‘lish aktyor uchun kasting jarayonidagi eng muhim omil emas. “Malika qurbaqa” multfilmidagi Tiana rolini ijro etishi kerak bo‘lgan Beyonse bunday deb hisoblamagan. Beyonse o‘ziga shunchalik ishonganki, undan kastingdan o‘tish so‘ralganida u shunchaki eʼtiborsiz qoldirgan va yakunda rolni yo‘qotgan. Tiana roli bo‘lsa Anike Noni Rousga nasib qildi.
Leonardo De Kaprio — “Titanik”
Leonardo De Kaprioning filmga tanlanishi kinemotografiya tarixidagi qiziq va oshkora voqealardan biri bo‘lsa kerak. U kastingga chaqirishlariga qadar “Romeo va Juletta”, “Basketbolchining kundaligi” va bir qancha filmlarda suratga tushishga ulgurgan edi. Shuning uchun Leo o‘zini har qanday rolni ijro etishi mumkin bo‘lgan birinchi raqamli aktyor sifatida ko‘rgan. Ammo Jeyms Kemeron bilan uchrashuvdan keyin achinarli haqiqatga duch qildi. U kastingga taklif qilinib, Keyt Uinslet bilan qo‘shma sahnani o‘qish so‘ralganida juda hayron bo‘lgan. Avvaliga Leo ular oddiy suhbat va film tafsilotlarni muhokama qilish va bir-birlarimizni yaxshiroq bilib olishamiz deb o‘ylagan, ammo yakunda Jeyms undan kastingda qatnashishni so‘ragan. Avvaliga aktyor qatnashishni istamagan. Kemeron ortiqcha cho‘zmasdan yosh yulduzga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan. Leo unga bo‘lgan munosabatdan hayratda qolgan. “O‘qimasam, rolni ololmaymanmi? Bu shunchalik oddiymi?”, degan. Bunga javoban Kemeron “ha, bu mening hayotimning ikki yilini egallaydigan ulkan film va men post-prodyuserlik bilan shug‘ullanayotganimda siz yana beshta loyiha bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Men kastingda noto‘g‘ri qaror qabul qilib, filmni buzish niyatim yo‘q. Yoki kastingda ishtirok etasiz yoki roldan mahrum berasiz”, deb aytgan. Leo vaziyatni tushundi va Keyt Uinslet bilan epizodni o‘qib chiqdi. Kemeron birinchi daqiqadayoq uning oldida u izlagan Jek turganini angladi.
Kirsten Danst — “Vampir bilan intervyu”
Kirstenda o‘ziga bo‘lgan ishonch unchalik ham yuqori bo‘lmagan. U kasting jarayonini shunchalik yomon ko‘rganki, hatto ularga kelmaslikka ham tayyor bo‘lgan. Uning ishga noprofessionallik bilan yondashishi “Vampir bilan intervyu” filmdagi kasting jarayonidagi muvaffaqiyatsizligida maʼlum bo‘ldi. Uning kino mahorati bo‘yicha murabbiyi uni nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatish uchun kasting direktorining oltiga qayta jo‘natdi. Yakunda Kirsten rolga ega bo‘ldi, lekin baribir kastinglarni yoqtirmaydi. Agar rol chindan ham unga yoqsa va zaruriyat sezsagina kastinglardan o‘tishini aytdi.
Rassel Krou — “Dedpul”
Komikslar yaratuvchisi Robert Liefeldga “Dedpul-2” filmining kastingi jarayonida Rassel Krouni Keybl rolini chaqirish g‘oyasini keladi va ijtimoiy tarmoqlardan birida unga xat yozadi. Ertasi kuni ertalab u nufuzli odamlarning unga xat yozib, Rassel Krouni taklif qilib xatoga yo‘l qo‘yganini aytishganini ko‘radi. Robertning menejeri unga shu yo‘l bilan kastinglardan o‘tishni yomon ko‘radigan Krouni haqorat qilganini tushuntirgan. Shuningdek, keyinchalik unga 20th Century Fox studiyasidan ham telefon qilib, tanbeh berilgan.
Semuel L. Jekson — “Jinoiy asar”
Rejissor Tarantino “Jinoiy asar” filmida bosh rolni Samuel L. Jekson ijro etishini istagan. Ko‘p jihatdan Jyul qahramoni Jekson uchun yaratilgandek. Tarantino hatto Jeksonga rolni unga berishini vaʼda ham qilgan. U Los-Anjelesdagi kasting jarayonida boshqa aktyorlar ham Jyulga daʼvogarlik qilayotganini bilmaguncha, u juda ham xotirjam edi. Bo‘layotgan voqealardan Samuel g‘azablangan va kasting direktori bilan uchrashish va Tarantino bilan bu haqda yuzma-yuz gaplashib olish uchun u yerga borgan. U kasting maydonchasiga kelganida prodyuser uni Lorens Fishburn (boshqa aktyor ismi bilan) deb chaqirdi. Bu ataylab yoki xafa qilish uchun emas edi. Ammo Jekson shunchalik xafa bo‘ldiki, u hamma yerni ostin-ustun qildi. Birinchidan, u roldan deyarli ajralgan, ikkinchidan, uni Fishburne deb chaqirib atashgan edi. Jekson o‘sha yerda turib, burger tishlab hammaga baqirdi. Bu sahnaga Tarantino guvoh bo‘ldi, keyin u boshqa aktyorlar haqida o‘ylash kerak emasligini angladi. Bu yerda burger muhim rol o‘ynadi, chunki Tarantino keyinchalik ushbu sahnani ham filmga qo‘shdi.