Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yangi yil arafasida “Uyda yolg‘iz” filmini oilaviy tomosha qilish an’anaga aylanib qolgan. Ammo filmni necha marta ko‘rgan bo‘lsangiz ham, siz e’tibor qilmagan detallar talaygina.

Aviachipta

Foto: Filmdan kadr

Kevinning uyda qolganini sezmaslik, bolalar soni va uydagi tartibsizlikni hisobga olsak, ajablanarli emas. Aeroportda Kevin yo‘qolganini bildirib qo‘ygan yagona narsa uning samolyot chiptasi edi. Biroq janob Makkallister to‘kilgan sut tekkan stoldagi narsalarni yig‘ishtirganda, tasodifan samolyot chiptasini ham tashlab yuboradi. Aeroportda barcha bolalar xotirjamlik bilan chiptalarini ko‘rsatgan bo‘lsa, unda bu Kevinning chiptasi bo‘lishi kerak.

Qo‘shni bola

Foto: Filmdan kadr

Biroq samolyot chiptasi ota-onasiga Kevinni eslatishga yordam beradigan yagona narsa emasdi. Ular yuklarini mashinaga ortayotganda Kevinning opasi barcha aka-uka va opa-singillarini boshma-bosh sanaydi. Lekin hamma shu yerda edi, bolalar soni to‘g‘ri chiqadi. Bu Kevinning opasi sanoqda xato qilganini anglatmaydi, balki mashinada o‘yinchoqlarga qiziqqan qo‘shni bola ham bor edi.

O‘rgimchak

Foto: Filmdan kadr

1990-yilda grafika allaqachon rivojlangan bo‘lsa-da, o‘rgimchakni haqiqiysidan ajratib bo‘lmaydigan qilib chizish imkonsiz edi, shuning uchun Mark rolini o‘ynagan Deniel Stern yuziga haqiqiy o‘rgimchakni qo‘yishga zo‘rg‘a ko‘nadi. O‘rgimchakning ham, aktyorning ham xavfsizligi uchun bu kadr bir urinishda suratga olingan. O‘rgimchak qo‘rqib ketmasligi uchun, Denielning qichqirig‘i dublyaj qilinadi.

Popkorn

Foto: Filmdan kadr

“Uyda yolg‘iz” filmida eng kichik detallarga ham katta e’tibor berilgan. Kevin karavotdan sakrab tushganida qo‘lidagi popkorn to‘kilib ketadi. Bu popkornni keyinroq Kevin karavot ostida o‘g‘rilardan yashiringanida ko‘rish mumkin.

Sochiq

Foto: Filmdan kadr

Shuni ta’kidlash kerakki, kinoijodkorlar sochiqni haddan tashqari ko‘paytirib yuborgan. Uyda 3 nafar bola va ikkita ota-ona yashaydi, ularning har biri o‘z sochiqlariga ega bo‘lishi tabiiy hol. Ammo sochiqlar juda ko‘p. Uyda ikkinchi hammom mavjudligini hisobga olsak, 15 ta sochiq bitta xonada bo‘lishi g‘alati tuyuladi.

Imloviy xato

Foto: Filmdan kadr

O‘g‘rilarga qarshi Kevin tuzoqlar yasaydi va hatto barcha harakatlarni ichiga olgan reja tuzadi. Tomoshabinga Kevin hali 8 yoshda ekanligini eslatish uchun rekvizitlar bolalarcha imlo xato bilan yoziladi.

Archa o‘yinchoqlari

Foto: Filmdan kadr

Afsuski, barcha detallarga ham e’tibor berilgan deb bo‘lmaydi. Kevinning tuzoqlaridan biri deraza oldiga sochilgan archa o‘yinchoqlari bo‘lib, Mark undan jarohat olishi kerak edi. Kevin bu o‘yinchoqlarni bezatilgan archadan oladi, ammo diqqat bilan qarasangiz, poldagi o‘yinchoqlar daraxtga osilganidan farq qiladi. Gap shundaki, archa bezaklari haqiqiy bo‘lgan, shu sababli Deniel Stern jiddiy jarohat olishi mumkin edi. Shuning uchun ular rekvizit o‘yinchoqlarga almashtiriladi, Stern esa har ehtimolga qarshi rezina etik kiyib oladi.

Bazning “qizi”

Foto: Filmdan kadr

Kadrlardan birida Kevin akasi Bazning sevgilisi suratini oladi va uni yoqtirmaganini ijirg‘anib ko‘rsatadi. Film ijodkorlari bu haqda o‘ylab, haqiqiy qiz surati uni xafa qilishi mumkinligini anglab, film badiiy rahbarining o‘g‘lini qiz bolacha kiyintirib, suratga olishadi.

Qor

Foto: Filmdan kadr

Film oxirida Kevin derazadan tashqariga qaraydi va qo‘shni qariyaga qo‘l silkiydi, shu payt tashqarida qor yog‘ayotgan edi. Biroq bu haqiqiy qor emas, balki oqqa bo‘yalgan kartoshka yormasi (xlopya) bo‘ladi.

Ranglar

Foto: Filmdan kadr

Yangi yil atmosferasini yaratish uchun filmda ko‘proq ikkita rangdan foydalaniladi — bayramona yashil va qizil. Makkallisterlar uyidagi idishlar, kiyim-kechak, sochiq, o‘simliklar, parda, gulqog‘oz naqshlari, divan va devor ham yashil rangda edi. Boshqa kiyim-kechak, gulqog‘oz naqshlari, oziq-ovqat, archa bezaklari, yostiqlar, kamindagi paypoqlar, gilam va boshqa ichki elementlar esa qizil rangda bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »