“Vasabi” filmida Jan Reno bilan bosh rolni ijro etgan yaponiyalik aktrisa Ryoko Hirosuening keyingi taqdiri qanday kechdi?
Rejissor Lyuk Bessonning “Vasabi” filmi ekran yuzini ko‘rganiga ham 20 yildan oshdi. Film bosh qahramoni Jan Renoning qizi rolini yaponiyalik aktrisa Ryoko Hirosue ijro etgan edi. Ko‘plab tomoshabinlar uning ijrosini yuqori baholagan, lekin keyinchalik u katta loyihalarda ko‘rinish bermagan.
2019-yilda Jan Reno Ryoko bilan uchrashib suratga olinishi rejalashtirilayotgan “Vasabi-2” filmida ishtirok etishini muhokama qilgan. Aktrisaning keyingi taqdiri, shaxsiy hayoti va karyerasi qanday kechdi?
Bolalik yillari
Ryoko iyul oyida 43 yoshni qarshi oldi. Unda bolalikdan sanʼatga ishtiyoq kuchli bo‘lgan. Qo‘shiq aytishni, raqsga tushishni va maktab teatrida chiqishni yaxshi ko‘rgan. Shuningdek, Hirosue nafaqat rollar ijro etgan, balki o‘zini rejissor sifatida ham sinab ko‘rgan. Maktabdagi ustozlari uning o‘qishni xohlamaganiga ko‘z yumgan, chunki u barcha ijodiy tanlovlarda maktab nomidan qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan.
Ijoddan tashqari u sport bilan ham shug‘ullanishni yaxshi ko‘rgan. Aktrisa bugungi kunga kelib ham sog‘lom turmush tarziga amal qiladi va muntazam sport bilan shug‘ullanadi.
Muvaffaqiyat yo‘li
U 14 yoshga to‘lgan paytida “P&G” kompaniyasi modellar tanlovini tashkil qiladi. Ryokoning tanlovda ishtirokini ko‘rgan mutaxassislar uni bir yildan so‘ng “Heart ni S” loyihasida suratga tushish uchun taklif qilgan. Keyinchalik “Uzoq davom etgan taʼtil” serialida qatnashdi. Kartina katta muvaffaqiyat qozondi va unda ishtirok etgan barcha aktyorlar mashhurlikka erishdi.
20 yoshida aktrisa “Yozdagi qor” teleserialidagi ishtiroki uchun ‘‘Eng yaxshi yordamchi rol’’ mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shundan keyin uni “Vasabi” filmiga taklif qilishdi va aktrisa butun dunyoga tanildi. Ryoko otasi bilan birinchi marta uchrashgan quvnoq o‘smir qiz rolini ijro etishi kerak edi. Ota rolini esa Jan Reno o‘ynagan.
Butun dunyo bo‘ylab mashhurlikdan so‘ng, aktrisaning karyerasida biroz pasayish bo‘lgandek ko‘rindi. Tomoshabinlar Ryoko aktrisalik faoliyatini tugatdi degan fikrga ham kelgan. Aslida Ryoko Hirosue faoliyatini davom ettirayotgan, shunchaki “Vasabi” darajasidagi filmlarda suratga tushmayotgan edi. Yumi kabi qahramonni takrorlashning iloji bo‘lmadi, lekin Ryoko muntazam filmlarda ishtirok etgan va bugun ham qatnashib kelmoqda.
“Vasabi”dan keyin aktrisa “Hayotimiz kollaji” melodramasida, “Hana va Alisa” komediyasida, “Sokin raqs” serialida suratga tushdi.
2008-yilda Hirosue “Ortda qolgan” filmida ishtirok etdi va ko‘plab tanqidchilar tomonidan isteʼdodi eʼtirof etildi. Film eng yaxshi xorijiy loyiha deb topildi va xalqaro kinofestivalda mukofotga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, “Oskar” mukofoti bilan ham taqdirlandi.
Shaxsiy hayoti
Aktrisaning birinchi turmushidan o‘g‘li bor, u hozir 19 yoshda. Afsuski munosabatlar muvaffaqiyatli bo‘lmadi. To‘ydan 4 yil o‘tib, er-xotin ajrashgan.
Aktrisa 2 yildan keyin rassom Kendle Jun bilan oila quradi va tez orada ikkinchi marta ona bo‘ladi. Ryoko nafaqat kasbida, balki ayol uchun muhim bo‘lgan sevikli yor va mehribon ona sifatida ham o‘zini topdi. U o‘zini baxtli ayol deb hisoblaydi.
Aktrisaning bugungi hayoti
Jozibali va isteʼdodli Ryoko filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda. U Yaponiyada xonanda sifatida ham taniqli. Ijodkor bo‘sh vaqtini oilasi bilan o‘tkazishga harakat qiladi. Oilaviy bayramlar uyushtirishni yaxshi ko‘radi va bolalari bilan karaoke kuylaydi.
Agar “Vasabi-2” filmining suratga olish ishlari rostdan ham amalga oshsa, ishining ustalari — Lyuk Besson va Jan Reno boshchilik qiladigan kartina muvaffaqiyat qozonishiga shubha yo‘q.