Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Komik aktrisa Halima Ibragimova “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida bloger Farhod Mannopov vafot etgan klinikani reklama qilishga nima sababdan rozi bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.



“Bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p aylangan. Bu narsa xudoni ishi. Inson yo‘lda bo‘ladimi, cho‘ldami, samolyotdami, mashinadami, klinikadami, bir kun hamma o‘ladi. Agar kimnidir saqlab qolish insonning qo‘lidan kelganida dunyoda o‘lim bo‘lmasdi. Birinchi prezidentimiz, shuncha imkoniyatlari bo‘la turib, vafot etmadilarmi? Butun dunyo bizga ta’ziya bildirmadimi? O‘zimning ota-onam ham kasalxonada vafot etgan. Men Halima bo‘lib hech narsa qila olmadim-ku? Meniyam yupatishdi. ‘Allohning irodasi, sabrli bo‘l’ deyishdi.

Farhod juda yaxshi inson edi, ukamdek bo‘lgan. Uyimda vaynlar suratga olgan. O‘sha reklamani olishdan avval men Ulug‘bekning oldidan o‘tganman. Farhod rahmatli ham o‘sha klinikaga reklama qilingani uchun bordi. O‘limidan avval sahifasiga shifokor bilan suhbatlashib o‘tirgani aks etgan videoni ham joyladi. U birgina shifokorning aybi bilan olamdan o‘tgan bo‘lsa, qolgan shifokor, hamshira, laborantlar, qorovullarda nima ayb? Qaysi shifoxonada o‘lim bo‘lmayapti? Hech qaysi shifokor kasalni uyingizga olib keting, nima isyoningiz va e’tirozingiz bo‘lsa, uyingizda qiling, demaydi. Oxirigacha, qo‘lidan kelganicha kasalning hayoti uchun kurashadi.

Men ‘Klinika faoliyatini davom ettiryapti’, deb reklama qildim. Reklama gaplashishdan avval men LOR bo‘limini reklama qilmayman, deb kelishdik. Shundan keyin Ulug‘bek va uning jamoasi mendan xafa bo‘ldi. Har xil gap-so‘zlar, tanqidiy videolar chiqarishdi. Lekin yuzimga kelib gapira olmadi. Mening munosabat bildirishimni kutishdi, lekin men unaqa maydalashib o‘tirmayman. Ertaga o‘lim haq, yaqin insonidan ajralganida, meni tushunadi”, — deydi Halima Ibragimova.

Marhum Farhod Mannopov
Foto: Instagram


“Lekin ular vrachni pulga gaplashmagandi. Reklama qilib, operatsiyani tekinga qildirmoqchi edi. Men masalan, oyog‘imdan ikki marta operatsiya bo‘ldim. Reklama qilmadim hech kimni. Chunki operatsiya pulini to‘lagandim”, — deya so‘zlarini davom ettiradi aktrisa.  

Ma’lumot uchun, “Mitti vayn” taxallusi bilan ijod qilgan vayner Farhod Mannopov 2023-yilning 5-mart sanasida poytaxtdagi xususiy klinikalardan birida burnini operatsiya qildirayotganida vafot etgan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »