Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyatida guruh bo‘lib qoidalarni buzgan holda harakatlangan Gentra haydovchilari va tanasini mashinadan chiqarib soxta dollar sochgan shaxslarga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan ko‘rish mumkinki, yigitlar harakatlanayotgan Gentra lyuki va oynalaridan tanasini chiqarib, pul sochgan. Hodisa Past Darg‘om tumanida to‘y korteji harakatlanganda sodir bo‘lgan.

Qoidabuzarliklar tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, holat viloyat IIB YHXB tomonidan nazoratga olingan va barcha qoidabuzarlar topilgan.

Ularga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnomalar tuzilib, mashinalar jarima maydoniga joylashtirilgan.

Avvalroq Toshkent shahar Chilonzor tumanida yangi yil kechasi qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan yigitlar javobgarlikka tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Samarqand shahrida 2023-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi Mercedes-Benz’da drift qilgan haydovchi javobgarlikka tortilgan edi. Undan oldin esa Nukusda raqamsiz harakatlanib, drift qilgan “shumaxer” topilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »