Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi arafasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Amerika rahbariyati Kiyevga yordam berishda davom etishiga va’da berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Yevropa davlatlari hukumatlari ham xuddi shunday qaror qabul qilishiga ishonadi.

“Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga sodiqmiz va bu borada ishlash uchun Kongress bilan juda yaqin hamkorlik qilamiz”, — dedi Blinken.
Foto: Google Images

Uchrashuvda AQSHning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ham ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari “Rossiyaning mag‘lubiyatini va Ukrainaning g‘alabasini ta’minlash” niyatida.

“Siz Kongress haqida gapirdingiz. Biz, albatta, sizning qo‘llab-quvvatlashingizga, ulkan qo‘llab-quvvatlashingizga ishonamiz”, — deb javob berdi Zelenskiy.

2022-yil 24-fevraldan beri Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 44 milliard dollarga yaqin harbiy yordam yubordi. 2023-yil 27-dekabrda Amerika prezident maʼmuriyati Kongress tomonidan maʼqullangan 250 million dollarlik harbiy yordam paketini eʼlon qildi. Hozir Kongressda respublikachilar va demokratlar o‘rtasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasida kelishmovchilik bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »