Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaman poytaxti Sana shimolida portlash ovozlari eshitildi, deb xabar berdi Al Mayadeen muxbiri. Telekanalning Yamandagi vakolatxonasi rahbari aytishicha, Sana xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan Al-Daylami aviabazasiga raketa zarbalari berilgani haqida xabarlar bor.

AQSH va Buyuk Britaniyaning 12-yanvardagi hujumlaridan keyin Sanada norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi
Foto: Reuters

Al Manara telekanali mahalliy manbalar va guvohlarga tayanib, Sana va Xodeydaning bir qancha hududlarida ketma-ket kuchli portlashlar sodir bo‘lganini xabar qilmoqda. Telekanal manbalariga ko‘ra, bombardimon nishonlari Al-Daylami aviabazasi, Xodeyda aeroporti, shuningdek, qirg‘oq radarlari va kuzatuv punktlari bo‘lgan.

Al Masirah gazetasi zarbalar yana AQSH va Buyuk Britaniya harbiylari tomonidan yo‘llangani haqida xabar berdi. CNN amerikalik mulozimga tayanib yozishicha, Vashington “avvalgi kechadan ancha kichik miqyosda” qo‘shimcha zarbalar bergan. Telekanal suhbatdoshiga ko‘ra, nishonlar husiylar qo‘llagan radar qurilmalari bo‘lgan. AQSHning Yamanga zarbasini Reuters’ga ikki amaldor ham tasdiqladi.

Pentagonning ikki rasmiysi NBC News telekanaliga zarbalar AQSH harbiy kemasidan berilganini, ularning nishoni radar bo‘lganini aytdi.

60 dan ortiq obyektlar nishonga olindi: havo hujumidan mudofaa tizimlari, radarlar, omborlar, dronlar va raketalarni uchirish maydonchalari, deb xabar berdi AQSH Markaziy qo‘mondonligi.

Husiy rahbariyatining matbuot kotibi Abdulla bin Amer, agar zarbalar davom etsa, guruh AQSH va Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qilish bilan javob qaytarishni va’da qildi.

Buyuk Britaniya va AQSH G‘arb davlatlarining harakatlarini o‘zini o‘zi mudofaa qilish va Qizil dengizdagi husiy hujumlariga javob deb atadi.

Rossiya, Turkiya va Eron hujumni qoraladi. Nyu-Yorkda Falastin va Yamanni qo‘llab-quvvatlovchi namoyish bo‘lib o‘tdi, unda bir necha yuz kishi ishtirok etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »