Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Buyuk Britaniya bilan birgalikda 12-yanvar kuni Yamandagi “Ansor Alloh” (husiylar) obyektlariga zarbalar berdi. Husiylar ularni javob zarbalari berishlaridan ogohlantirib, majburiy safarbarlik e’lon qildi. Xorijiy davlatlar G‘azodagi urushning butun Yaqin Sharqda avj olishi va kengayishi xavfidan ogohlantirib, hodisaga o‘z munosabatini bildirdi.

Foto: Reuters

Oq uy bayonotiga ko‘ra, husiylarga qarshi zarbalar Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Niderlandiya ko‘magida amalga oshirilgan. O‘z navbatida, Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte AQSH va Britaniyaning harakatlari o‘zini himoya qilish huquqini amalga oshirishni anglatishini ta’kidladi.

“ AQSH-Buyuk Britaniya harakati o‘zini himoya qilish huquqiga asoslangan bo‘lib, erkin navigatsiyani himoya qilishga va deeskalatsiyaga qaratilgan. Dengiz mamlakati sifatida uzoq tarixga ega Niderlandiga kemalarning erkin harakatlanish huquqiga katta ahamiyat beradi va bu maqsadli operatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi Niderlandiya bosh vaziri.

Daniya, Germaniya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreyani ham o‘z ichiga olgan xalqaro koalitsiya qo‘shma bayonot chiqarib, “dunyoning eng muhim suv yo‘llaridan birida odamlar hayotni himoya qilish va erkin savdo oqimini ta’minlash” qat’iyatini bildirdi.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni vazminlik ko‘rsatishga va keyingi keskinlashuvning oldini olishga chaqirdi, biroq Qizil dengizda xavfsizlik va kemalarning erkin harakatlanishini saqlash muhimligini ta’kidladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin ham “mojaro avj olishining oldini olish uchun” barcha tomonlarni xotirjamlik va vazminlikka chaqirdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSH va Buyuk Britaniyaning Yamanga bergan zarbalarini BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzish va “xalqaro huquqni mutlaqo mensimaslik” deb atadi. Moskva holat yuzasidan 12-yanvar kuni BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni so‘ragan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov BMT Xavfsizlik kengashida qabul qilingan, husiylardan kemalarga hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya zarba berish huquqini bermasligini aytdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSH va Buyuk Britaniyani Yamandagi husiy jangarilari nishonlariga nomutanosib kuch ishlatganlikda aybladi.

“Qizil dengizni qon dengiziga aylantirishga harakat qilishmoqda, Isroil Falastinda ham shunday qilmoqda”, — dedi Erdo‘g‘on.

Turkiya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Anqara vaziyat haqidagi xabarlarni ko‘plab kanallar orqali olyapti. Uning fikricha, “husiylar AQSH tomonidan ko'rilayotgan choralarga muvaffaqiyatli javob bermoqda”.

Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanani Chafiy Vashington va Londonni Yaman suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishda ayblab, mintaqadagi vaziyatni yanada beqarorlashtirishdan ogohlantirdi.

Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Livanning “Hizbulloh” harakatining aytishicha, Yamandagi zarbalar “ AQSH G‘azo va mintaqada sionist dushman tomonidan sodir etilgan fojia va qirg‘inlarda to‘liq sherik ekanini yana bir bor tasdiqlaydi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »