Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Yaqin Sharqdagi mojaro kengayib, butun mintaqaga tarqaladigan bo‘lsa, javob choralarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Politico xabar berdi.

Foto: U.S. Navy

Manbalarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Iroq, Livan va Eronda sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar ortidan mojaroning kengayishi ehtimoli ortib bormoqda. Bu esa AQSH ma’muriyati rasmiylarini urush “rasmiy ravishda G‘azo sektori chegaralaridan chiqib ketishi”ga ishontirgan.

Politico suhbatdoshlarining aytishicha, hozirda AQSH harbiylari Qizil dengizda savdo kemalariga bir necha bor hujum qilgan Yaman husiylariga qarshi javob qaytarish rejasini ishlab chiqmoqda. Razvedka xodimlari Iroq va Suriyadagi AQSH kuchlariga bo‘lajak hujumlarni bashorat qilish va oldini olishga, shuningdek, husiylarning keyingi hujumlari uchun ehtimoliy nishonlarni aniqlashga harakat qilmoqda.

Shuningdek, manbalarning ta’kidlashicha, AQSH bir necha oydan beri Tehronni o‘z ishonchli vakillari orqali husiylarni hujumlarni to‘xtatishga ko‘ndirishga undamoqda, ammo husiylarning bu amaliyotlardan voz kechishiga ishora yo‘q.

Politico qayd etishicha, Yaqin Sharqda tobora kuchayib borayotgan mojaro nafaqat mintaqa xavfsizligiga, balki prezident Baydenning qayta saylanish imkoniyatiga ham tahdid solmoqda. Nashrning taʼkidlashicha, 2024-yilda saylovchilar “ushbu saylovda asosiy tashqi siyosat masalasi — Amerika tashqi mojarolarda qanchalik ishtirok etishi kerakligi haqida o‘z so‘zini aytishi mumkin”.

Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasida urush boshlanganidan keyin Qo‘shma Shtatlar Tel-Aviv harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi hamda unga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda. Ayni paytda AQSHning Iroq va Suriyadagi harbiy bazalari va koalitsiya kuchlariga hujumlar tez-tez kuzatilmoqda. Umuman olganda, Vashington 2023-yil 17-oktyabrdan buyon 120 ga yaqin hujumlarni qayd etdi, ularning aksariyati hujumchi dronlar, raketalar yoki har ikkalasi yordamida amalga oshirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »