Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaqin Sharqdagi vaziyat AQSH tufayli nazoratdan chiqib ketdi va endi falokatga aylanish xavfi bor, dedi AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Foto: Zuma
“AQSH Yaqin Sharqning butunlay nazoratdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ydi. Haqiqatan yomon ishlar sodir bo‘lmoqda, ammo biz hammasini to‘xtatishga qodirmiz. Agar kuch va aniqlik bilan harakat qilinmasa, falokat yuz berishi mumkin”, — deb yozgan Tramp.

Uning fikriga ko‘ra, bu holat Ukrainadagi urushga ham taalluqli, “hatto, ko‘proq darajada”. Moskva maxsus operatsiyaning barcha maqsadlariga erishilishini ta’kidlamoqda.

Avvalroq Tramp AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatini Yaqin Sharqdagi muvaffaqiyatsiz siyosatda ayblagan edi, uning fikricha, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush shu sababdan boshlangan. Sobiq prezidentning fikricha, urushga Amerikaning Eronga nisbatan sanksiyalari yumshatilgani sabab bo‘lgan: Tehron neft sotishdan katta foyda olgan.

“Mamlakatimiz hozir katta mag‘lubiyatga uchradi. Butun dunyo ustimizdan kulyapti”, — degandi Tramp noyabr oyida.

Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasida urush boshlanganidan keyin Qo‘shma Shtatlar Tel-Avivni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va unga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda. Ayni paytda Iroq va Suriyadagi AQSH harbiy bazalari va koalitsiya kuchlariga hujumlar tez-tez kuzatilmoqda. Noyabr oyi o‘rtalarida Pentagon o‘sha paytda Amerika nishonlariga 55 marta hujum qilingani, 50 dan ortiq harbiy xizmatchi yaralangani haqida xabar bergandi.

Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder harbiy bazalarga qilingan hujumlarni “kichik ko‘lamli”, ammo “bezovta qiluvchi va xavfli” deb atadi. The Washington Post nashrining yozishicha, hozirda Iroqda 2 500 ga yaqin, Suriyada esa yana 900 ga yaqin amerikalik askar qolgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »