Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Donald Tramp 2024-yilgi AQSH prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozonsa, Afg‘onistondagi Bagram aerodromi ustidan Amerika nazoratini tiklash bo‘yicha “Tolibon” bilan “savdo bitimi” tuzishini aytdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Foto: The New York Times

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu “Xitoyni kuzatish uchun” zarur hisoblanadi. Ayova shtatida o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilgan Tramp Bagram bazasining “Tolibon”ga o‘tkazilishini xato deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington va “Tolibon” o‘rtasida Doha kelishuvi aynan Tramp davrida imzolangan bo‘lsa-da, Tramp ma’muriyati Bagram aviabazasi ustidan nazoratni saqlab qolishini kutgan.

“Bagramni saqlab qolmoqchi edik. U dunyodagi eng katta bazadir. Eng katta uchish-qo‘nish yo‘laklari, eng kuchli, sakkiz fut chuqurlikdagi beton. U hamma narsani ko‘tara oladi, biz undan voz kechdik. Endi siz uni (Bagram) kim egallab turganini bilasiz — Xitoy. Xitoy uni bosib olgan. Bu odamlar (Jo Bayden ma’muriyati) qanchalik ahmoq? Bu juda achinarli”, — dedi u.

Biroq Tramp Afg‘oniston bilan kelishuvga erishib, kelasi yil qayta saylansa, Bagram aerodromini qaytarib olishni ta’kidladi. 

“Ammo biz uni qaytarib olamiz, balki savdo kelishuvining bir qismi sifatida qaytaramiz”, — deya xulosa qildi Tramp.

Bagram aerodromi 2021-yil iyul oyida yashirincha evakuatsiya qilinishidan oldin Afg‘onistondagi eng yirik AQSH harbiy bazasi bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »