Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yaqin Sharqda adolatli tartib o‘rnatish uchun tarix oldida mas’ul. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on aytib o‘tdi.

“Adolatli dunyo qurish uchun qadamlar qo‘yilishi kerak. Qo‘shma Shtatlar bu borada tarixiy mas’uliyatga ega deb hisoblayman. Bu mas’uliyat Isroilni vahshiyliklaridan qaytarish va G‘azo sektoridagi qirg'inni to‘xtatishdir. Biroq hozircha AQSH Isroilni to‘xtatish u yoqda tursin, aksincha rag‘batlantirib kelmoqda.

Foto: Anadolu

AQSH ko‘magini olayotgan Isroil na xalqaro huquqni, na inson huquqlarini tan olyapti. Ular AQSH baribir meni himoya qiladi, degan tamoyil asosida harakat qilmoqda”, — deya Erdo‘g‘onning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Anadolu agentligi.

Turkiya rahbari yaqinda AQSH prezidenti Jo Bayden bilan suhbatda “AQSHning tarixiy mas’uliyatini eslatganini” qo‘shimcha qildi.

“Men ularni Isroilni to‘xtatish kerak, degan pozitsiyani egallashga chaqirdim. BMT bir necha haftadan beri bas qiling, demoqda. Bu haqda Oq uy oldida va hatto AQSH Kongressida gapirishmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari bu chaqiriqlarga beparvolikni to‘xtatishi kerak”, — dedi Erdo‘g‘on.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »