Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha tinchlik konferensiyasi o‘tkazishga va mojaroni hal etishda kafil davlat sifatida harakat qilishga tayyor.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qatarga tashrifi yakunida jurnalistlarga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQSH boshchiligidagi G‘arb davlatlari Isroilni qo‘llab-quvvatlamaganida, mintaqada bunday vaziyat yuzaga kelmasdi.

Foto: Anadolu

Isroilning razvedka xizmatlari butun dunyo bo‘ylab, jumladan, Turkiyada ham HAMAS yetakchilarini kuzatib borish va yo‘q qilishga hozirlik ko‘rayotgani haqidagi so‘nggi bayonotiga izoh berar ekan, Erdo‘g‘on “Agar ular Turkiyada bunday qadam tashlashga jurʼat etsa, bu ularga juda qimmatga tushadi” deya taʼkidladi.

Avvalroq Erdo‘g‘on Falastin muammosini hal qilish yo‘li ikki davlatni ham tan olish ekanini ta’kidlab, Sharqiy Quddus Falastin poytaxti bo‘lishi lozimligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »